Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Nima uchun «Napoli»ni tanlagani, kumiri kimligi va omma bergan laqabi xususida — Xvichaning yil so‘nggidagi intervyusi

Nima uchun «Napoli»ni tanlagani, kumiri kimligi va omma bergan laqabi xususida — Xvichaning yil so‘nggidagi intervyusi

Baho:
+ | -

Xvicha Kvarasxeliya - 2022/2023 yilgi mavsum birinchi qismida «Napoli»ning eng yorqin yulduzi bo‘ldi. Gruziyalik yarim himoyachi A Seriyada ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va 12 o‘yinda 6+7 natija qayd etdi. «Lokomotiv» Moskva hamda «Rubin»ning sobiq futbolchisi o‘zi uchun muhim yil yakunida DAZN nashriga intervyu berdi. Biz uning eng muhim qismlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xvicha kimni o‘zining kumiri deb bilishini aytdi.

— Sevimli futbolchim Guti. Men uni doim kuzatardim, uning o‘yin uslubi menga yoqadi. Men unga qaraganimda ajoyib harakatlarni kashf qilaman, lekin u tezda nafaqaga chiqdi. Shundan so‘ng Krishtianu Ronaldu mening sevimli futbolchimga aylandi.

«Napoli» yarim himoyachisi o‘zini Yevropaning eng kuchli futbolchilaridan biri deb hisoblaydimi?

— Men hali ham bu maqomdan uzoqdaman, lekin buni tasdiqlash uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Gruziyadan ajoyib jamoaga kelishimni kutmagandim. «Napoli» kabi klubda o‘ynash mening orzuim edi, lekin hali oldinda juda ko‘p ishlar bor.

Nima uchun Kvarasxeliya «Napoli»ni tanladi?

— Birinchi navbatda, jamoa nomi tufayli. Bu yerda juda yaxshi futbolchilar bor. Keyin «Napoli» o‘yinlarini tomosha qilganimda, murabbiy uslubiga mukammal moslasha olaman deb o‘yladim. Ularning o‘yini menga juda yoqdi. Endi aytishim mumkinki, men «Napoli»ning to‘laqonli a’zosiman. Bundan tashqari, shahar o‘zining go‘zalligi bilan hayratda qoldiradi va neapolliklar ajoyib odamlardir. Bu yerda odamlar futbolga muhabbat bilan yashaydi. Futbolni hamma tushunadi. Butun shahar sizni qo‘llab-quvvatlasa va doimo sizga muhabbat bildirsa, o‘yinchi g‘ayrat bilan harakat qiladi.

Boshqa Italiya jamoalarichi? Ular haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi?

— Aniq bilmayman, «Napoli»dan taklif bo‘lgani uchun boshqa hech narsa haqida o‘ylamagandim. Klub bilan muzokaralar taxminan ikki yil davom etdi. Bunday katta jamoa menga qiziqish bildirayotganidan xursand bo‘ldim. «Napoli» libosini kiyishga sabrim yetmasdi.

Dastlabki uchrashuvlardanoq mahalliy jurnalistlar va muxlislar Neapolning yangi yulduziga laqab berishni boshladilar: Zizi, Anjelo Azzurro, Kvaradona yoki Kvaravadjo. Kvarasxeliya ulardan eng sevimlisini tanladi:

- Tanlash juda qiyin bo‘ldi. Ularning barchasi juda yoqimli. Lekin, albatta, Maradona nomining kichik bir qismi sizning ismingizga qo‘shilsa, boshqacha tuyg‘u qoldiradi. Bu meni g‘ururga to‘ldirdi. Demak, Kvaradona — mukammal taxallus.

Manba: DAZN
Kiritildi: 13:05, 29.12.2022.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.