Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Ter Shtegen: "Levandovski maydonda hammadan ajralib turadi"

Ter Shtegen: "Levandovski maydonda hammadan ajralib turadi"

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoadoshi Robert Levandovski haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda, menimcha, u ajralib turadigan futbolchi va “Barsa” kim bilan uchrashishini va kim bilan shartnoma imzolashini yaxshi bilardi. Men xursandman, chunki u har doim klub va jamoadoshlariga yordam beradi, shuning uchun ham tajribali o‘yinchilarga ega bo‘lish juda muhim", - deya Ter Shtegen so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

34 yoshli hujumchi joriy mavsumda Kataloniya klubi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Levandovskining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:29, 29.12.2022.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик