"Yuventus" yarim himoyachisi Xans Nikolussi-Kavilyaga "Kremoneze" va "Salernitana" qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
22 yoshli italiyalik futbolchi B seriyada "Zyuditrol" safida ijarada to‘p suradi. Joriy mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.