Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Pogba "Yuventus" muxlislarini g‘azablantirishda davom etadi (+video)

Pogba "Yuventus" muxlislarini g‘azablantirishda davom etadi (+video)

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda erkin agent maqomida "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga o‘tgan Pol Pogba turinliklarning birorta rasmiy o‘yinida maydonga tushishga ulgurmadi, ammo fransiyalik futbolchi doimiy ravishda "byankonerilar" muxlislarini g‘azablantirmoqda.

Yarim himoyachi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tog‘-chang‘i kurortidan olingan suratlarni joylashtirdi. Jarohatidan zo‘rg‘a forig‘ bo‘layotgan futbolchi nima uchun chang‘i sporti bilan shug‘ullanishga qaror qilganini "Yuve" muxlislar tushunmadi. Muxlislar Polning harakatini qoraladi. Bir muncha vaqt avval "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer aynan tog‘da oyog‘ini sindirib olgandan so‘ng mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan edi.

Futbolchining o‘zi tanqidlarga e’tibor qaratdi. Bunga javoban u chang‘i sporti bilan shug‘ullanayotgan hazilomuz videoni yozib oldi.

"Men chang‘ida shunday yuraman", - deb yozgan yarim himoyachi video izohiga.

Muxlislar Pogbaning videosiga quyidagicha munosabatda bo‘lishdi:

“Qanday masxarabozlik. Sizningcha, "Yuventus" bu yigitni qandaydir sirkka sotishi mumkinmi?"

“Hurmatli Pol, muammo chang‘ida uchish yoki uchmaslikda emas. Ishonchim komilki, siz dam olishingizni xohlaganingizcha o‘tkazishga haqlisiz. Lekin bu mavsumda bir daqiqa ham maydonga tushmaganingiz uchun operasiyani keyinga qoldirishga qaror qildingiz, balki ta’tilingiz suratlarini joylashtirmasligingiz kerak edi? O‘ylab ko‘ring".

"Pogba o‘zini tanqid qilganlarning ustidan kulaman deb o‘ylagan, ammo aksincha o‘zini ahmoq qilib ko‘rsatgan".

“Demak, endi sizni sobiq futbolchi deyishimiz mumkinmi? Axir siz dunyoda hamma narsani qilasiz, faqat futbol o‘ynashdan tashqari.

"Videoni suratga olayotganda jarohat oldingizmi?"

O‘qib turganingizdek "keksa sinyora" muxlislari Pogbadan qattiq jahli chiqqan. Ko‘ramiz, Pol jarohatini davolab bu tanqidlarga javob bera olarmikin.

Kiritildi: 22:44, 29.12.2022.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик