Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Maftunaning maftunkor mavsumi

Maftunaning maftunkor mavsumi

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston futboli-2022 yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash-sarhisob marosimida ayollar chempio­natining 14 karra g‘olibi va milliy kubokning 11 karra sohibi - «Sevinch» bosh murabbiyi Vladislav Xan qatori klubning bir qator a’zolari turli nominasiyalar bo‘yicha e’tirofga erishdilar.

Jumladan, Qarshi klubi yetakchilaridan biri Maftuna Shoyimova O‘zbekiston chempionati Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Yaqinda maxsus muxbirimiz mavsum laureatini tabriklash bahona undan eksklyuziv intervyu oldi.

- Maftuna, avvalo, o‘tgan mavsumdagi yutuqlar, yuksak e’tirof va shuning barobarida yangi 2023 yil bilan tabriklaymiz.

- Rahmat, yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin, xonadonlarimizga faqat quvonch olib kirsin!

- Endi futbolga oshno tutunishingiz tarixini qisqacha eslasak...

- Barchasiga birinchi navbatda, «Sevinch» klubining katta yutuqlari sababdir... Yaqinlarim mamlakat miqyosida yetakchi o‘ringa chiqqan klubning futbolchi qizlariga havas qilib, meni tayyorlov guruhiga olib borishgandi. O‘zim ham «Sevinch»ning o‘yinlarini kuzatib, kelajakda shu klub libosini kiyishni dilimga tugib qo‘ygandim. Mana, orzu-niyat yo‘lida qilingan mehnat besamar ketmadi. 

- «Sevinch» qisqa muddatli tin olishdan so‘ng chempio­natda yana o‘z o‘rniga qaytdi. Hozirgi yutuqlar taniqli mutaxassis Vladislav Xanning bosh murabbiy lavozimini qayta qo‘l olgani bilan bog‘lanmoqda. Bu kabi fikrlarga nimani qo‘shimcha qila olasiz?

- Vladislav Nikolayevich qanday mutaxasis ekanligini tavsiflash uchun bir-ikki og‘iz so‘z kamlik qiladi. Bosh murabbiyimiz haqida soatlab gapirish mumkin. Birinchidan, Vladislav Xan mamlakatimiz ayollar futbolining chinakam bilimdoni. Har holda, bu yo‘nalishda uzoq vaqt ishlagan, katta tajriba to‘plagan. Shunday ekan, murabbiyimiz qaysi raqib bilan qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi. Demoqchimanki, taktik tomondan ham benazir mutaxassis. Xususan, o‘yin davomida jamoa a’zolariga tegishli ko‘rsatmalar berish asnosida uslubni o‘zgartira oladi. Bunisi endi tizimli mashg‘ulotlar samarasi, albatta. Ya’ni Vladislav Xan jamoani taktik chizmani yengilgina o‘zgartirishga o‘rgatgan. Albatta, shunday kuchli mutaxassisning klubga qaytgani futbolchilarga ruhan ko‘tarinkilik ham bag‘ishladi.

- Jamoa 2022 yilgi mavsumda «oltin dubl» qayd etdi - chempionat va kubok turnirida g‘alaba. Tabiiyki, bunday natija har qanday klub uchun orzu. Lekin barchasining zamirida katta mehnat borligi ham ta­yin. «Oltin dubl»da birinchi navbatda, qaysi jihat katta rol o‘ynadi, sizningcha?

- To‘g‘ri ta’kidladingiz, har - Maftuna, avvalo, o‘tgan mavsumdagi yutuqlar, yuksak e’tirof va shuning barobarida yangi 2023 yil bilan tabriklaymiz.

- To‘g‘ri ta’kidladingiz, har bir natija ortida butun katta jamoa mashaqqati bor. Chempion bo‘lish barobarida qo‘shimcha ravishda mamlakat kubogini qo‘lga kiritishga nima yetsin...? Qaysi jihatning ulushi katta? Bu haqda gapirishdan oldin «Nasaf» rahbariyati, xususan, klub prezidenti Shuhrat Aslanovga alohida minnatdorchilik bildirish kerak. Binobarin, bu yil «Sevinch»ga har doimgidan-da kuchliroq e’tibor qaratildi. Ya’ni yuqori natija uchun nima kerak bo‘lsa, barchasi muhayyo qilindi. Ochig‘i, bunday kuchli e’tibor yaqin yillarda kuzatilmagandi. Muhimi, jamoa bunga javoban bor kuch-imkoniyatini ishga soldi, natija esa o‘zingizga ma’lum. Demakki, yutuqlar zamirida rahbariyat e’tibori katta o‘rin tutdi. Ha, bir qarashda, «Sevinch» chempio­natda ham, kubok turnirida ham osongina g‘olib chiqqandek. Lekin jamoa ichidagi insonlar bunday emasligi, hamma bir tanu bir jon bo‘lib ter to‘kkanini yaxshi bilishadi. Mamlakatimizda ayollar futboli yildan-yilga kuchayib borayotgani, milliy turnirlarda raqobat ancha oshgani ham yaqqol sezilyapti. Taraqqiyot ko‘plab murabbiy va mutaxasislar, futbolimiz boshida turgan mas’ullarning say’-harakatlari evaziga bo‘lyapti, albatta. O‘zingizga ma’lum, endilikda klublar xorijdan ham futbolchilar taklif qilmoqda. Bu holat bir tomondan ayollar futboli jozibadorligini oshirdi, ikkinchi tarafdan, natija uchun kurash ancha keskinlashdi, raqobat darajasi oshdi.

- Mavsumning eng totli va qiyin o‘yinlari haqida gapirsangiz...

- Har qanday o‘yinda qozonilgan g‘alaba huzur bag‘ishlaydi. To‘g‘ri, tan olish kerak, prinsipial raqiblarga qarshi bahs­lardagi g‘alabalar bosh­qacha, baribir. Eng murakkab o‘yinlarga kelsak, hozirda bundaylar ancha ko‘paydi. Masalan, «So‘g‘diyona-W», «Bunyodkor-W» va AGMK-W kabi raqiblarni yengish har qanday jamoadan katta kuch va salohiyat talab etadi. Chempionat o‘yini bo‘ladimi yoki kubok uchrashuvi - farqi yo‘q. Aynan bittasini ko‘rsatish so‘ralsa, unda Qarshida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi finalini tilga olaman. Tan olish kerak, «Bun­yodkor-W» o‘sha bahsda bizga yetarlicha muammolar tug‘dira oldi. Qolaversa, final o‘z nomi bilan final - hayajon, bosim... Yana yaqinlaringiz ko‘z oldida to‘p surish oson emas. Shunga yarasha, finaldagi g‘alaba - eng yoqimlisi.

- Maftuna maftunkor o‘yin­dan qay darajada rohatlanadi?

- Avvalo, har bir o‘yinda jamoaga imkon boricha yordam berishga intilaman. Shuning barobarida chiroyli futbolga moyilman, axir muxlislar stadionga aynan tomoshadan zavqlanish uchun kelishadi. Agar jamoaga yetarli darajada naf berolmasam, harakatlarim o‘zim istagandek chiroyli chiqmasa, rosa asabiylashaman. Maftunkor futbol jamoadan o‘z ustida ko‘p ishlashni talab etadi, albatta.

- 2023 yilgi mavsum yanada murakkab kechishi aniq. Mamlakat chempionati, kubok bahslari va OCHLdan nimalar kutyapsiz?

- «Sevinch» doimo o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi. Shunday ekan, harakatdan sira to‘xtamaymiz. Natija hech qachon osongina kelmaydi, muhimi, futbolda har qanday vazifani uddalash imkoni bor. Faqat kuchli xohish va intilish bo‘lsa, bas.

- Kelajakda farzandlaringiz sizning izingizdan borishlarini xohlarmidingiz?

- Mana, futbolni tanlab, kam bo‘lmadim. Agar farzand­larim ham shu sport bilan shug‘ullanishni istashsa, bunga qarshilik qilmayman. Zero, yaqinlarim vaqtida meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganlari esimda.

- Muxlislar va «InterFut-bol» mushtariylariga tilaklaringiz...

- 2023 yil barchaga omad olib kelsin, ushalmagan orzular ro‘yobga chiqsin, yurtimiz tinch bo‘lsin. Hammaga sihat-salomatlik va baxt tilayman.

Maftuna Shoyimova Oliy liga-2022da 

O‘yinlar soni - 22ta

Jami daqiqa - 1887

Gollar soni - 21ta (2tasi penaltidan)

Samarali uzatmalar soni - 21ta

Sariq kartochka - 2ta

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 04.01.2023.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.