Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Masharipov: «Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor»

Masharipov: «Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor»

Baho:
+ | -

Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronalduga 7-raqamni berishdan bosh tortgani haqidagi xabarni allaqachon eshitdingiz. Biroq keyinchalik bu kabi xabarlar soxta bo‘lib chiqdi - Masharipov va klub rahbarlari bu mish-mishni rad etishdi.

Jaloliddin Masharipov 29 yoshda, u Saudiyagacha butun faoliyatini O‘zbekistonda o‘tkazdi. U «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublarida 125 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan va 38 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U har ikki klub bilan ham O‘zbekiston Superligasida jami 5 ta g‘alaba va bittadan kubok sohibi bo‘lib, mamlakat chempioni bo‘ldi. 2020 yilda Masharipov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, 2021 yilning yanvarida esa 1 million yevro evaziga «An-Nasr»ga o‘tdi. Saudiya klubida u joriy mavsum unchalik yaxshi natija qayd eta olmayapti, biroq o‘tgan mavsumda Masharipov ko‘p o‘ynadi (barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin) va 4+6 natija, jumladan, Osiyo chempionlar ligasida 2 ta gol urgandi.

Albatta, Masharipov O‘zbekiston terma jamoasida ham sermahsul futbolchi hisoblanadi, uning hisobida 45 ta o‘yinda 10 ta gol bor, faoliyatidagi eng yorqin lahza esa 2019 yilgi Osiyo Kubogi doirasidagi Turkmanistonga qarshi o‘yin bo‘lib, unda hamyurtimiz 1+1 natija qayd etgan.

O‘zbekistonlik hujumchining Instagram sahifasiga 449 ming kishi obuna bo‘lgan. U yettinchi raqamni Ronalduga berishdan bosh tortgani uchun transferga qo‘yilgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lganda, Masharipov bunga shunday deb javob berdi: «Bu haqiqat emas. Kechagi Instagramdagi bayonotlarga hazil bilan munosabatda bo‘lish kerak. Meni yaxshi taniganlar buni darhol anglab yetishdi. Rejalarmi? «An-Nasr»da Ronalduni diqqat bilan kuzatib boring. U o‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor», — deydi Masharipov.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:52, 04.01.2023.
O'qildi: 4329 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик