Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zPFL bosh direktori "Andijon" klubi haqida fikr bildirdi

O‘zPFL bosh direktori "Andijon" klubi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev "Andijon" futbol klubi haqida fikr bildirdi.

"Viloyatda futbol to‘g‘ri yo‘nalishga tushib olishi uchun muammolar ochiq tan olinishi, ularning yechimi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi muhim.

Tizim to‘g‘ri ishlasa, futbolga investisiya kiritayotgan har qanday tadbirkor qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Aks holda og‘irlik baribir hokimiyat bo‘yniga, aniqrog‘i odamlarga tushishda davom etadi. Bunda davlat korxonasi beradigan tayyor pulga o‘rganib qolgan kishilar klub tepasiga kelib, davlat futbolga pul bermasa, u o‘lib qoladi qabilidagi bayonotlar bilan chiqadi. Ular xalqni avtoprom monopoliyasidan xalos etish masalasida qayg‘urmaydi, balki monopol shunday tashkilotni futbol klubiga biriktirib olish haqida o‘ylaydi. Shunisi osonroq.

Olimpik loyihasi atrofidagi gap-so‘zlarni bir chetga surib fikrlasak (bu haqda keyinroq), u yaxshi bir haqiqatni isbotlay oldi: katta harajatlarsiz ham yaxshi jamoaga asos solish mumkin! O‘zbekiston iqtidorga to‘la, kam maosh evaziga bo‘lsa-da o‘zini ko‘rsatishga tayyor yoshlar ko‘p. Ularga to‘la-to‘kis imkoniyat beradigan tizim qurishda esa muammolar bor.

"Andijon" klublari uchun bugun 2 ta futbol maktabi mavjud: BO‘FM va FMM. Ular viloyat futbolining ertasi. BO‘FM asosiy klub uchun, FMM "Andijon" SGS uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Yaxshi tarafi har ikki maktab davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ammo bu kam. Ular yaxshi darajaga chiqishi uchun klub rossiyalik biror mutaxassisni jalb qilish haqida emas, shu maktabni rivojlantirish masalasida bosh qotirishi shart. Kelajakka uchun investisiya yaxshiroq samara beradi. Asosiy jamoa natijalari yo‘lida qurbon qilingan milliardlar viloyat futboliga hech narsa bermaganini muxlislar bugun yaxshi his qiladi (muxlislik borasida ularga faqat havas).

O‘tgan yilning eng katta yo‘qotishi — tadbirkorning klubdan ketishi. Uning yordamida ishchi-xodimlar maoshini qoplash, viloyat hokimligining yordami bilan esa infratuzilmani TOP darajaga olib chiqish mumkin edi. Biroq tizim to‘g‘ri bo‘lmas ekan, berilgan va’dalar va’daligicha qolib ketadi. Oxir-oqibat yuqoridagi gap — barchasi baribir hokimlik (xalq) bo‘ynida qoladi. "Andijon"lik do‘stlarimiz bizni yanada yaxshiroq tushunishlari uchun Dinamoni misol qilamiz. 2022 yilda uning byudjetida muammo bo‘lgani yo‘q. Biroq professional klub bo‘lishdan ko‘ra, o‘tkinchi natijaning ketidan quvish klubni baribir Superligadan uzoqlashtirdi. Agarki puli bor jamoa shunday yashayotgan bo‘lsa, qarzi toshib yotgandan klubga yanada qiyinroq bo‘lishi shubhasiz.

Aytaylik, Bunyodkor Dinamonikidan kam mablag‘ evaziga kuzga kelib vaziyatdan chiqib ketdi. Chunki unda suyanish mumkin bo‘lgan akademiya bor. Vaholanki, tayyor puli va maktabi bor bo‘lgan shu klub ham so‘nggi uch yil davomida o‘z tarixidagi eng yomon natijalarni ketma-ketlikda qo‘lga kiritdi. Ayrimlar buni mablag‘ kam bo‘lgani bilan izohlashga urindi. Biroq bu yolg‘on ma’lumot ekani haqida biz yaxshi bilamiz. Tayyor biriktirilgan homiydan kelayotgan mablag‘dan unumli foydalana olmaydigan tomon, yana bir shunday korxonani biriktirib berganingizda ham katta o‘zgarish qilmaydi. Biz birinchi navbatda o‘lchovlarimiz va qarashlarimizni o‘zgartirishimiz, futbol jamoatchiligi aniq xulosalarga kela olishi uchun muammolarni ochiq aytishimiz kerak. Siz lof to‘qishga qancha urinmang, Turon va uning ketidan sekin-asta bosh ko‘tarib kelayotgan xususiy klublar haqiqatni aytishga urinyapti. Tayyor pulni istayotganlar esa aynan shunday klublar oyoqqa turmasidanoq, ularni sindirishi turgan gap. Chunki siz ming harakat qilib, tejab, tergab futbolga 100 so‘m tikasiz, raqib esa hech bir mehnat va izlanishsiz davlatning 1000 so‘m puli bilan qarshingizga chiqib kelaveradi. Bundan kim yutadi? Futbolmi? Yo‘q, adashasiz, bundan faqatgina tor doiradagi odamlargina manfaat ko‘radi. Biz professional futbol klublarini sun’iy yo‘l bilan tashkil qilganimiz badalini to‘lashda davom etaveramiz.

Superliga va Pro ligadagi "Andijon" klublarini diqqat bilan kuzatishimiz shart. Ular bizga yaxshi xulosalar beradi. Bu ikki klub hech qachon kelishmasligi va aksincha, bir-biriga jiddiy raqib bo‘lishi shart. Afsuski, bunda ikkinchi tomonning pul va imkoniyatlari kamroq. Yutug‘i esa — pul o‘ziniki. Futbolning ertasi shunday klublar bo‘lishi kerak, biror korxonani biriktirish payidagi klublar emas" - deyiladi Imomxo‘jayevning telegram kanalidagi postida.

Kiritildi: 10:42, 04.01.2023.
O'qildi: 2161 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.