"Yuventus" FIFA kunlaridan so‘ng A Seriyaning ilk o‘yinida g‘alaba qozondi.
Turinliklar Italiya chempionatining 16-turida “Kremoneze”ni mag‘lub etdi (1:0).
Massimiliano Allegri shogirdlari chempionatdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi - "byankonerilar" ketma-ket yettinchi uchrashuvda g‘alaba qozonishdi. Bu o‘yinlarning umumiy hisobi 13:0.
“Yuventus” A seriyadagi navbatdagi o‘yinini 7 yanvar kuni “Udineze”ga qarshi o‘tkazadi.