Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Mourinyo Braziliya termasidan tushgan taklifga javob qaytardi

Mourinyo Braziliya termasidan tushgan taklifga javob qaytardi

Baho:
+ | -

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sport.es.

Manbaning xabariga ko‘ra, 59 yoshli mutaxassis Italiya klubida qolib, jamoa bilan bir necha kuboklarda chempionlikni qo‘lga kiritmoqchi.

Avvalroq, "Portu"ning sobiq futbolchisi Karlos Alberto Mourinyo terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligini aytib, unga yordamchi bo‘lishni taklif qilgandi.

Braziliya terma jamoasi Tite ketganidan keyin murabbiysiz qoldi. 61 yoshli mutaxassis Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida 1:1, 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgach, iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. U 2016 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi.

Kiritildi: 09:50, 10.01.2023.
O'qildi: 3536 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик