Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mas’uliyatli yo‘lga chiqqan Martinesga talablar bisyor, xo‘sh u muammolarni qanday yechadi?

Mas’uliyatli yo‘lga chiqqan Martinesga talablar bisyor, xo‘sh u muammolarni qanday yechadi?

Baho:
+ | -

Roberto Martines rasman Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Oldingi mutaxassisning natijalarini hisobga olgan holda buni kutilmagan qaror deyish mumkin. Belgiyaliklarning «oltin» avlodi hech qachon chempionlikni qo‘lga kirita olmadi, jamoa Martines bilan birga Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida faqatgina bronza medaliga erishdi xolos. Ispaniyalik murabbiy o‘z faoliyatini Angliyada boshlagan. U yerda «Suonsi», «Uigan» va «Everton»da o‘zini yaxshi tomonlama namoyon qildi. «Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Men eng iqtidorli futbolchilarni yig‘gan jamoa bilan birga ishlayman. Bu loyiha qanday ekanligini bilaman. Katta maqsadlar va umidlar mavjud. Birgalikda hamma narsaga erishamiz».

O‘z maqsadlariga erishish uchun Martines bir qator vazifalarni hal qilib olishi kerak bo‘ladi.

1. Krishtianu Ronaldu bilan muammoni hal qilish

Yaqinda «An-Nasr» safiga kelib qo‘shilgan 37 yoshli hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas. Terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar JCH-2026da ishtirok etishni istamoqda. Martines bir dilemmaga duch keladi: Ronalduni chaqirib, jamoa atrofida turli konfliktlarga sabab bo‘lish yoki afsonaviy hujumchiga e’tibor bermaslik va Krishtianu muxlislarining tanqidini qabul qilish.

«Futbol bo‘yicha barcha qarorlar mahalliy darajada qabul qilinadi. Men ofisda qaror qabul qilmayman. Men barcha futbolchilar bilan uchrashib, gaplashmoqchiman. JCH-2022 uchun tarkibdan 26 nafar futbolchi o‘rin olgan, Krishtianu esa ulardan biri. U 19 yildan buyon terma jamoada to‘p tepadi va hurmatga loyiq. U bilan qanday qilib yaxshiroq jamoa yaratishni muhokama qilamiz. Ertaga ish boshlaymiz. Hozir jarayon boshlanmoqda, ya’ni tarkibga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan uchrashishni boshladik. Men barcha futbolchilarni hurmat qilaman. Agar ular men tomonda bo‘lsa, xursand bo‘laman», - deya Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatni Martines diplomatik tarzda izohladi.

Belgiya terma jamoasi safida ispaniyalikning yordamchisi - Tyerri Anri ham bor edi, u hatto yetakchilar uchun ham avtoritet edi. Balki Portugaliya termasida Martines o‘z qarorgohida shunday insonni topishga harakat qilishi yoki o‘z tajribasidan foydalanib, yetakchi futbolchilar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qilishi mumkin.

2. Hujumdagi yulduzlar uchun muvozanatni topish

Portugaliyaning hozirgi avlodi iqtidorli hujumkor futbolchilar bilan to‘lib-toshgan: Rafael Leau, Joao Feliks, Gonsalu Ramush, Diogo Jota, Rikardo Xorta, Andre Silva, Fabio Karvalyu va boshqalar. Qolaversa, kreativ hujumkor yarim himoyachilarni ham unutmaslik kerak (Bruno Fernandesh, Bernardu Silva, Otavio). Martines uchun muhim vazifa hujumda muvozanatni tiklash, har bir o‘yinchi uchun to‘g‘ri rollarni topish, ammo atmosferani buzmaslik va himoyani unutmaslik kerak bo‘ladi. 

Portugaliya so‘nggi turnirda 12 ta gol urdi, ammo 1/8 finalda Shveysariya bilan uchrashuv (6:1)da agar Yan Zommerning xatosidan kiritilgan birinchi gol bo‘lmaganida o‘yin butunlay boshqacha ssenariy ostida kechishi ham mumkin edi. 2022 yilgi jahon chempionatida kutilgan gollar soni (XG) bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi 7,8 ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (ularning kiritishi kerak bo‘lgan gollaridan to‘rttaga ko‘p). Demak, Martinesda jamoaning hujum salohiyati borasida o‘ylash kerak bo‘lgan narsa ko‘p.

3. Pepega o‘rinbosar yetishtirish

Portugaliya va Belgiya terma jamoalarida xuddi shunday muammo bor: ajoyib yosh markaziy himoyachilarning yo‘qligi. Belgiyaliklar turnirda 33 yoshli Alderveyreld va 35 yoshli Vertongen bilan o‘ynagan bo‘lsa, Portugaliyada himoyani 39 yoshli Pepe boshqargan. Ha, tajribali futbolchi ajoyib turnir o‘tkazdi, uning fazilatlariga hech kim shubha qilmadi, lekin yirik turnirda g‘alaba qozonaman degan jamoada kamida uchta ajoyib himoyachi bo‘lishi kerak. Portugaliyada hali ham Ruben Diash o‘ynayapti - u ko‘p yillar davomida mudofaaning bo‘lajak yetakchisi, ammo keyin - bo‘shliq paydo bo‘ladi. JCH-2022 1-turining Gana bilan uchrashuvida himoya markazida nominal himoyachi Danilo Pereyra maydonga tushdi. U «PSJ»da himoyada o‘ynash tajribasiga ega, ammo bularning barchasi bir tekisda ketmagan. Portugaliya terma jamoasi tarkibida 19 yoshli iqtidorli uni Diash bilan bir juftlikda yangi tayanch o‘yinchiga aylantirishga harakat qilishi kerak. Aks holda, 40 yoshli Pepe boboga imkon beraverishga to‘g‘ri keladi.

4. Portugaliyani saralash bosqichlaridan ishonchli o‘tishga o‘rgatish

Portugaliya terma jamoasi joriy asr boshidan buyon birorta ham yirik turnirni o‘tkazib yubormagan. Ammo vaqti-vaqti bilan ularga Yevro yoki jahon chempionatiga chiqish qiyin bo‘lgan. 2010, 2014 va 2022 yillardagi jahon chempionatlariga portugallar Bosniya va Gersegovina (2010), Shvesiya (2014), Turkiya va Shimoliy Makedoniyani (2022) ortda qoldirib, bu turnirlarga yetib kelishgan. Buning ustiga jamoa Bosniyaga qarshi pley-offdagi g‘alaba evaziga Yevro-2012ga chiqdi. Shu bilan birga, portugallar saralashda ikkinchi o‘rinni egallashga odatlanganlar (masalan, Yevro-2008 va 2020 saralashlarida). Demak, Martines bu muammoni hal qilishi kerak bo‘ladi. Aks holda, xuddi shu kamchilikka ega Italiya kabi ketma-ket ikkita jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.

5. Katta turnirlarda g‘alaba qozonish

Nihoyat, Martinesdan talab qilinadigan eng muhim narsa bu Portugaliya termasining Yevro yoki jahon chempionatidagi g‘alabasi bo‘ladi. Ispaniyalik murabbiy Belgiyaning «oltin» avlodini allaqachon o‘z qo‘liga olgan edi, lekin ular bilan hech narsa qila olmadi. Endi Martines ixtiyorida anchayin sifatli portugaliyalik futbolchilar bor. Portugaliya Yevroni nisbatan yaqinda (2016 yilda) qo‘lga kiritdi va UYEFA Millatlar Ligasida g‘olib chiqdi, ammo hozirgi jamoaning salohiyati o‘sha tarkibdan ancha yuqori. Martinesning o‘zi esa so‘nggi yillarda unga berilgan imkoniyatni oqlash uchun nufuzli kubokka ancha muhtoj.

Nima deb o‘ylaysiz: Portugaliyani Roberto Martinesga ishonib topshirib, to‘g‘ri ish qilishganmi? U endi iqtidorli avlod bilan muvaffaqiyat qozona oladimi?

Kiritildi: 17:24, 10.01.2023.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.