Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘zPFL Jahon Professional futbol ligalari assosiasiyasi a’zosiga aylandi

O‘zPFL Jahon Professional futbol ligalari assosiasiyasi a’zosiga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi dunyodagi eng yetakchi futbol ligalarini o‘zida birlashtirgan Jahon Professional futbol ligalari assosiasiyasining to‘laqonli a’zosiga aylandi.

World Association of Professional Football Leagues (WLF) dunyo bo‘ylab 44 ta eng yetakchi ligani o‘zida birlashtirgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 2015 yilning 1 dekabr kuni 23 ta liga Parijda o‘zaro hamfikrlik deklarasiyasini imzolagach, assosiasiya tuzish uchun birinchi qadam qo‘yildi. 2016 yilning 1 may kuni Syurixda mazkur tashkilotga rasman asos solindi.

Assosiasiya futbol ligalari manfaatlarini himoya qiladi. U xalqaro musobaqalar taqvimini tuzishda FIFA va qit’alar konfederasiyalariga o‘z a’zolari manfaatidan kelib chiqib, tavsiya va takliflar kiritib keladi. Shuningdek, turli yo‘nalishlarda IFAB, FIFPro kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Tashkilot boshqaruv kengashi Angliya Premyer-ligasi rahbari Richard Masters, Meksika futbol ligasi rahbari Enrike Bonilla hamda MLS (AQSH) rahbari Don Garber kabilardan iborat. O‘zPFL hamda WLF o‘rtasidagi aloqalar o‘tgan yilning iyul oyidan boshlangandi. Shu davr ichida assosiasiya O‘zPFL bilan bog‘liq musobaqalar, normativ hujjatlar va boshqa materiallarni batafsil o‘rganib chiqdi. Yakunda assosiasiya bosh kotibi Jerom Perlemuter O‘zPFLni 45-a’zo sifatida tashkilotga qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Jahon ligalari forumida O‘zbekiston Professional futbol ligasini ko‘rishdan va uning yangi a’zomizga aylanganidan behad mamnunmiz. Biz hamkorlikda O‘zbekiston futboli imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdan xursandmiz”, — deb fikr bildirdi Jerom Perlemuter.

Jerom Perlemuter hamda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev 2022-yilning 17-19-oktyabr kunlari Dubay shahrida WLF tomonidan o‘tkazilgan “Jahon futbol ligalari forumi”da uchrashib, fikr almashgandi. Uning doirasida WLF Osiyoning yetakchi ligalari uchun ham alohida yig‘ilish tashkil etdi. Unda Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Qatar, BAA, Malayziya hamda Hindiston ligalari ishtirok etib, ligalarni qiynab kelayotgan qator masalalar yuzasidan fikr almashgandi.

Ma’lumot uchun, WLF o‘zida UYEFAning Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Belgiya, Portugaliya, Ukraina, OFKning Avstraliya, BAA, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Janubiy Koreya, Tailand kabi mamlakatlarini birlashtirgan. A’zolarning to‘liq ro‘yxati bilan mana shu havola orqali tanishib olish imkoniyati mavjud. Endi ular orasida O‘zbekiston ham bor.

Kiritildi: 19:04, 10.01.2023.
O'qildi: 1829 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.