Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Liverpul" yozda Gvardiol uchun kurashadi

"Liverpul" yozda Gvardiol uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Liverpul" yozgi transfer oynasida "Leypsig" himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi.

Futbolchining o‘zi avvalroq bolaligidan ingliz klubiga muxlislik qilganini aytgandi.

Biroq, ayni damda uning faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant Ispaniyaning “Real”i hisoblanadi.

"Leypsig" 20 yoshli Gvardiolni 100 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Gvardiol “buqalar” safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Xorvatiya terma jamoasi safida JCH-2022da himoyachi 7ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan. U turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 19:17, 13.01.2023.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.