Italiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Napoli" Turinning "Yuventus" klubini (5:1) mag‘lub etdi.
Turin klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng "Napoli" futbolchisi Jovanni di Lorenso o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kiyinish xonasida ishonch muhiti bor edi, murabbiy bizni mukammal tayyorladi. Va biz u xohlagan narsani qildik. Bu ajoyib g‘alaba bo‘ldi, biz fantastik muhitda o‘ynadik va jamoa sifatida bunday birlik bu mavsumda uzoqqa borishimizga imkon berishi kerak. Biz bilan sodir bo‘layotgan voqealar so‘nggi bir yarim yildan beri birga ishlayotgan murabbiyning xizmati kattadir" - dedi di Lorenso calcionapoli1926.it bilan suhbatda.