Italiyaning "Kremoneza" klubi bosh murabbiy Massimiliano Alvini bilan xayrlashdi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Alvinining "Kremoneza" boshqaruvidagi so‘nggi o‘yini "Monsa" bilan uchrashuv (2:3) bo‘ldi.
"Kremoneza" Italiya futboli elitasida dahshatli mavsumni o‘tkazmoqda. Alvinining sobiq jamoasi 18 turda birorta ham g‘alaba qozonmagan holda atigi 7 ochko jamg‘ardi.