Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Liga 1. «PSJ», kutilmaganda, safarda mag‘lubiyatga uchradi (video)

Liga 1. «PSJ», kutilmaganda, safarda mag‘lubiyatga uchradi (video)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 15 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«PSJ» ushbu turda «Renn» maydoniga safar qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. 65-daqiqada Amari Traore maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi.

Vaholanki, Messi va Neymar bahsni asosiy tarkibda boshlashgan bo‘lsa, Mbappe 55-daqiqadan maydonga tushirilgandi.

Shu tariqa Parij jamoasi mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Endi "PSJ" va ikkinchi o‘rindagi "Lans" o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 3 ochkoni tashkil qilmoqda. "Renn" esa 37 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi.

Liga 1, 19-tur
15 yanvar, yakshanba
«Renn» – «PSJ» 1:0
Gol: 1:0 – 65 Traore.
«Renn»: Mandanda, Traore, Rodon, Vu, Teate, Tryuffer (Meling, 76), Mayer (Te, 89), Ugoshukvu, Due (Doku, 68), Guiri (Sulemana, 89), Kalimuendo (Assinon, 76).
«PSJ»: Donnarumma, Mukiyele (Hakimi, 56), Ramos, Danilu Pereyra (Sanshesh, 83), Markinyos, Bernat, Vitinya (Fabian Ruis, 72), Zair-Emeri (Soler, 72), Messi, Neymar, Ekitik (Mbappe, 55).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:10, 16.01.2023.
O'qildi: 14667 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.