«Milan» klubi hujumchi Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar beradi Calciomercato.
Portugaliyalik bilan yangi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan va u mavsumiga 7 million yevro maosh oladi.
Qanot futbolchisining «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum «Milan» safida barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.