Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Eldor Adhamov: "Bu yil boshqacha "Andijon"ni ko‘ramiz"

Eldor Adhamov: "Bu yil boshqacha "Andijon"ni ko‘ramiz"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ryapti. Jamoaning har bir a’zosi zimmasiga yuklatilgan vazifani uddalamoqda.

Jamoaz darvozaboni Eldor Adhamov ayni chog‘da chempionatga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va “Andijon”ning imkoniyati haqida o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi.

“Yanvar oyining boshi va o‘rtalarida asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor beriladi. Bizda ham hozir jismoniy hamda texnik holatimizni yaxshilashga urg‘u qaratilyapti. Mashg‘ulotlarimizda kuniga ikki mahaldan shuning ustida ishlayapmiz.
 
Xudo xohlasa, hammasi yaxshi ketyapti. Turkiyadagi yig‘inimizda taktik va yana boshqa kerakli uslublarni yo‘lga qo‘yib olamiz.

Jamoamizni yana kuchaytiradigan yaxshi futbolchilar keladi. Yig‘inda bo‘lib turgan va yangi qo‘shilgan o‘yinchilarni ham yaxshi taniymiz. Ularni ham jamoamizga yordam bera olishlarini bilamiz va jamoamizni kuchaytira olishadi. Shuning uchun bizda yaxshi jamoa shakllanyapti. Garchi hali to‘liq tarkib yig‘ilmagan bo‘lsa ham qo‘shiladigan futbolchilar evaziga jamoamiz yanada kuchayadi.

Murabbiy ham to‘g‘ri tanlangan. Futbolchilarni to‘g‘ri yo‘nalishda o‘ynata oladi. Bosh murabbiy taktik jihatdan ham kuchli. Biz harakat qilyapmiz, Xudo nasib qilsa, bu yil boshqacha “Andijon”ni ko‘ramiz. Jamoamizda ichki muhit ham har tomonlama yaxshi. Barcha o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lib shug‘ullanyapti.

Bu mavsum yaxshi o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz. Futbolchilarni o‘zlarida ham maqsad jiddiy. Jamoadagi barcha yigitlar qo‘lidan kelganicha mehnat qiladi. Balki nasib qilsa, Kubok ham yutishimiz mumkin. Shuni harakatidamiz”, - dedi Adhamov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:16, 17.01.2023.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик