Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Rodri: «Bunday natijaga loyiq emas edik»

Rodri: «Bunday natijaga loyiq emas edik»

Baho:
+ | -

Rodrining fikricha, «Manchester Yunayted»dan uchralgan mag‘lubiyat APL uchun kurashda hal qiluvchi bo‘lmaydi.

«Oldinda uzoq yo‘l bor. Oxir-oqibat, bu Premyer-ligani ancha qiziqarliroq qiladi, ammo bu faqat bitta o‘yin, shuning uchun biz taslim bo‘la olmaymiz. Bizda tajriba bor, qayerda va qanday jamoa ekanligimizni bilamiz. Hozir hamma narsa endigina qurilmoqda - bizning yo‘limiz har kuni ishlash va qo‘limizdan kelganicha o‘ynash.

Bu katta o‘yin bo‘ldi, ammo natija muhim emas. Biz mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham, hech narsa aniq emas va hech narsani kafolatlashning iloji yo‘q.

Men jamoadoshlarim va klub bilan har qachongidan ham faxrlanaman. To‘g‘ri, hafsalamiz pir bo‘ldi - biz bunday natijaga loyiq emas edik; g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qildik, lekin hammasi xuddi shunday bo‘ldi.

Biz taslim bo‘lmaymiz, natijaga qaramay ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Bu futbolning bir qismi, endi o‘z holatimizga qarashimiz va hech kimni ayblamasligimiz kerak», dedi «Manchester Siti» yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, APLning 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Shaharliklar» «Arsenal»dan 8 ochko ortda qolgan holda 39 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 20:30, 17.01.2023.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик