Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ronaldu yana Messiga qarshi! "PSJ" bilan o‘yinda yana kimlar o‘ynaydi?

Ronaldu yana Messiga qarshi! "PSJ" bilan o‘yinda yana kimlar o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

19 yanvar, payshanba kuni Krishtianu Ronaldu yana Lionel Messi bilan uchrashadi. "PSJ" Saudiyaning "An-Nasr" va "Al-Hilol" jamoalari yulduzlari bilan o‘ynaydi. Portugaliyalik yangi klubida birorta ham o‘yin o‘tkazmaganiga qaramay, mahalliy orzular jamoasi sardori bo‘ladi. O‘yin Ar-Riyoddagi "Qirol Fahd" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Krishtianu Ronaldu jamoasida “PSJ” bilan yana kimlar o‘ynashini ko‘rib chiqamiz.

"An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlari jamoasida kimlar o‘ynaydi?

"An-Nasr" darvozaboni hamda "Napoli" va "Arsenal"ning sobiq futbolchisi David Ospina "PSJ"ga qarshi o‘ynamaydi. U jarohat olgan va tirsak bo‘g‘imida operasiya qilinadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, unda yoriq aniqlangan. Tiklanish davri taxminan olti haftani tashkil etadi, ya’ni Saudiya Arabistoni darvozaboni Muhammad Al-Ovays "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. U “Al-Hilol” jamoasi vakili.

Himoya markazida Alvaro Gonsales o‘ynaydi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida "An Nasr"ga ko‘chib o‘tgan, u avval "Espanyol", "Vilyarreal" va "Marsel" klublarida to‘p tepgan. Gislen Konan chap qanot himoyada o‘ynaydi. U yozda "Reyms"dan "An-Nasr"ga o‘tgandi.

Yarim himoyada ham bir nechta tanish nomlar bor. Luis Gustavo "Bavariya"ning sobiq futbolchisi, hozir "An-Nasr" futbolchisi. U 35 yoshda va yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi va Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 13 ta o‘yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning yonida katta ehtimol bilan kolumbiyalik Gustavo Kuyellar bo‘ladi. Uni terma jamoadagi o‘yinlaridan eslash mumkin. U "Al-Hilol"da o‘ynaydi.

Gonsalo Martines hujumda o‘ynaydi. "An-Nasr" sentyabr oyida argentinalik futbolchi uchun 16 million yevro to‘lagan. Bundan tashqari, "Benfika"ning sobiq yarim himoyachilari Andre Karrillo va Anderson Taliska ham maydonga tushishi kutilmoqda. Ikkinchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 11 uchrashuvida 11 ta gol urishga erishdi. "Sporting" va "Vest Bromvich"ning sobiq futbolchisi Mateus Pereyra va "Portu"ning sobiq vingeri Mussa Marega maydonga tushishi mumkin. Ikkalasi ham "Al-Hilol"da o‘ynaydi.

Hujum qanotlarida Krishtianu Ronaldudan tashqari Vensan Abubakar ham o‘ynay oladi. Ilgari u "Loren" va "Portu" klublarida o‘ynagan. "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Odion Igalo va "Atletiko"ning sobiq hujumchisi Luchiano Viyetto "Al-Hilol"dan maydonga tushishlari mumkin. Nigeriyalik hozirda Saudiya klubining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, “PSJ” bu o‘yin uchun 10 mln yevro ishlab oladi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi qarama-qarshilikka kelsak, ular oxirgi marta 2020 yilning dekabr oyida o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. O‘shanda "Yuventus" Chempionlar ligasida "Barselona"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan va portugaliyalik dubl qayd etgandi. Saudiyaning ikki klubi yulduzlari “PSJ”ga qarshilik qila oladimi, izohlarda yozib qoldiring.

Kiritildi: 13:50, 18.01.2023.
O'qildi: 4965 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик