Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Erling Xoland mavsum yarmida Saloh va Sonning o‘tgan yilgi "Oltin butsa" rekordini buzishga ulgurdi. Norvegiyalik yana qanday aqlbovar qilmas natijalar qayd etmoqda?

Erling Xoland mavsum yarmida Saloh va Sonning o‘tgan yilgi "Oltin butsa" rekordini buzishga ulgurdi. Norvegiyalik yana qanday aqlbovar qilmas natijalar qayd etmoqda?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Braut Xoland 20 turdan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgandi. Norvegiya terma jamoasi a’zosi bu orqali joriy mavsumdagi gollari sonini 25 taga yetkazib oldi. Bu bilan 22 yoshli hujumchi Son va Salohning o‘tgan mavsumdagi rekordini buzib tashladi. Koreya va Misr terma jamoasi yulduzlari 2021-22 yilda 23 tadan golga mualliflik qilib, "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritgandi. Hozir esa mavsum yarmi va Xoland allaqachon 25 ta gol urishga ulgurdi. Bunda unga "bo‘rilar"ga qarshi o‘yindagi xet-trik yordam berdi.

Qayd etish kerakki, Xoland "Manchester Siti" safida 4 marta xet-trik muallifiga aylanmoqda. Bu esa uni APL tarixidagi eng tez to‘rtta xet-trikka erishgan futbolchiga aylantirdi. Bundan oldingi rekord "MYU" afsonasi Rud van Nistelroyga tegishli edi. Niderlandiyalik hujumchi 4 ta xet-trik uchun 65 ta o‘yin sarflashga majbur bo‘lgan. Yana shuni ham qo‘shimcha qilish mumkinki, tarixda faqatgina "Nyukasl" futbolchisi Alan Shirergina bir mavsumda hozirgi Xolandning natijasidan yaxshiroq, 5 ta xet-trik qayd etgan (1995-96). Shirer Xoland natijalariga o‘z Twitter sahifasida shunday izoh qoldirgandi: "Yana kimdir bir mavsumda 5 ta xet-trik qayd etishi mumkinmikin? Menimcha, ha..."

Xoland, shuningdek, Muhammad Saloh tomonidan o‘rnatilgan yana bir rekordni yangilashga yaqin turibdi. Misrlik hujumchi 2017-18 yilgi mavsumda 38 ta bahsda 32 ta gol urishga erishgandi. Buni buzish uchun esa Xolandda yana 18 ta o‘yin mavjud. Bizningcha, bu ish yosh hujumchiga cho‘t emas.

Erling Xolandning so‘nggi turdagi 3 ta goli, "Manchester Siti"ni bosimlardan xalos etdi. Shuningdek, Pep Gvardiola tomon otila boshlagan tanqid toshlari ham ancha kamaydi. Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" keyingi o‘yinini kubok bahsida, "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, bir turdan keyin APL doirasida ham Gvardiola va uning armiyasini yetakchilarga qarshi o‘yin kutib turibdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:11, 23.01.2023.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.