Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

"Arsenal" nega chempion bo‘lish kerak degan savolga olti javob!

"Arsenal" nega chempion bo‘lish kerak degan savolga olti javob!

Baho:
+ | -

"Arsenal" ayni damda joriy mavsumning rasman yarmini ortda qoldirdi. Jamoa 19 ta o‘yinda 50 ochko to‘plab turibdi va bu klubning eng yaxshi natijasi sanaladi. Quyida "Arsenal" nega chempion bo‘lishi kerak degan savolga javob beriladi.

Kuchli himoya

Fergyuson bir paytlar chempionlik haqida shunday degandi: "Hujum sizga o‘yinlarni yutib beradi, himoya esa titullarni".
"Arsenal"ning Venger va Emeri davridagi nozik nuqtasi himoya bo‘lib qolayotgandi. Bu "dard"ni Mikel Arteta da’volay oldi. Hozirda bu klub APLning himoya borasida ikkinchi eng yaxshi jamoasi sanaladi. Saliba va Gabrielning tartibli himoyalanishi va Ramsdeylning mahorati jamoaga 19 ta o‘yinda atigi 16 ta gol o‘tkazish imkonini berdi.

Uy o‘yinlaridagi muvaffaqiyat

2006 yildan beri "Arsenal" yangi stadionda harakat qiladi. Ammo bu joy jamoaga haqiqiy omad olib kelmadi. Chunki muxlislar stadionda haqiqiy ijobiy muhit yarata olmayotgandi. Bu muammoga ham Arteta yechim topdi. Ispan murabbiyi "Emirates"ni aqlbovar qilmas stadionga aylantirdi va muxlislarni birlashtirdi. "Arsenal" 19 ta o‘yindagi 9 ta uy uchrashuvida 8 ta g‘alaba 1 durang qayd etib turibdi.

Mental ustunlik

Yaqin yillar ichidagi bu jamoaning kamchiligi mentalitet bilan bog‘liq bo‘lib qolgandi. Aynan shu sababli "Arsenal" o‘tgan mavsumda YECHL yo‘llanmasidan so‘nggi turlarda quruq qoldi. Jamoaning aqliy salohiyati hozir mutlaqo boshqacha. Ular har bir ochko uchun kurashmoqda. Buni "Aston Villa", "Fulxem" va "MYU"ga qarshi bahslarda ko‘rsata oldi. Bunda Gabriel Jezus va Oleksandr Zinchenkolarning qo‘shgan hissasi alohida ta’kidga loyiqdir.

Edegor va Sakaning yuqori formasi

Har bir chempionlikka da’vogar jamoada yulduzlar bo‘lishi kerak. "Arsenal"da shunday nomlar paydo bo‘ldi. Mavsum qahramonlari Edegor va Sakadir. Masalan, Saka 19 o‘yinda 7 gol va 7 assistni amalga oshirdi. Jamoa sardori bo‘lgan Edegor esa APLning eng ko‘p gol urgan yarim himoyachisi bo‘lib turibdi (8 ta).

YECHLga bo‘lgan harislik

"Arsenal"ning o‘tgan mavsumdagi YECHLsiz qolib ketishi yangi masvumdagi yuksalishga turtki berdi. "Manchester Siti"dan farqli ravishda londonliklar mavsumda faqatgina APLni yutishga harakat qiladi. "Shaharliklar"ga esa Angliya toji kerak emas. Ular YECHL dardida yonmoqda.

Jezusning qaytishi va tarkibning yoshligi

Tan olish kerakki, "Arsenal" bir sinovdan o‘tib oldi. U ham bo‘lsa, Gabriel Jezusning yo‘qligi edi. Jahon chempionatidan jarohat bilan qaytgan Jezus, "Arsenal"ga yordam bermayapti. Ammo jamoada tushish kuzatilgani yo‘q. Hammasi joyida. Nketia Jezus o‘rnini bosa oldi va 5 o‘yinda 4 ta gol urdi. Tarkibning yoshlardan tashkil topgani Artetaga o‘yinni oson nazorat qilishda yordam beradi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 21:19, 24.01.2023.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.