Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Boks U22. Shahboz Yunusaliyev qozoq bkoschini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi

Boks U22. Shahboz Yunusaliyev qozoq bkoschini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha U22 Osiyo chempionatida yigitlar o‘rtasida final janglari o‘tkazilmoqda.

-67kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Bekzod Hamidov oltin medal uchun qozog‘istonlik Abzal Serik bilan jang olib bordi. Derbi bo‘lgani uchun ham jang oson kechmadi. Birinchi raundda hakamlarning 3 nafari, ikkinchi bo‘limda esa 2 nafari ustunlikni o‘zbek bokschisiga berishdi. Uchinchi bo‘lim ham tengkurashlar ostida kechdi. Yakunda esa Hamidov g‘alabani qo‘lga kiritdi — 4:1 (28:29, 29:28, 29:28, 30:27, 29:28).

Shu tariqa, Bekzod O‘zbekiston delegasiyasiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.

Bugun yana 6 nafar vatandoshimiz chempionlik uchun ringga ko‘tariladi:

-71 kg: Nurislom Ismoilov - Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston) (13:45 dan so‘ng)

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)  (14:00 dan so‘ng)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Xalimulati Riyemandu (Xitoy)  (14:15 dan so‘ng)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Roberrd Muskita (Indoneziya)  (14:30 dan so‘ng)

-92 kg: Nusrat Tohirov - Abdulla Rajabov (Kambodja)  (14:45 dan so‘ng)

+92 kg: Jahongir Zokirov - Aijaxair Tuonongdaji (Xitoy)  (15:00 dan so‘ng)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:12, 26.01.2023.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.