Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Ittihod” bilan bo‘lajak Saudiya Arabistoni kubogi yarim finalidan oldin umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Katta o‘yinni kutaman! Olg‘a, jamoa! — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida.
Jamoalarning uchrashuvi bugun, 26 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi. G‘alaba qozongan taqdirda Ronaldu jamoasi "Al-Hilol" - "Al-Feyha" juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.