«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Mikel Artetani o‘z o‘rniga eng yaxshi nomzod deb hisoblaydi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda «shaharliklar» ustozi klub bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi.
«Agar men jamoamni tark etsam, Arteta mening o‘rnimga eng yaxshi nomzod bo‘lishiga ishonaman, bunga shubham yo‘q. Biroq men shartnomamni uzaytirdim», - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Arteta avvalroq «Manchester Siti»da Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan. Endilikda Mikel jamoasi Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalini boshqarmoqda.