Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Andijon»ning Turkiyadagi yig‘iniga ikki legioner qo‘shiladi

«Andijon»ning Turkiyadagi yig‘iniga ikki legioner qo‘shiladi

Baho:
+ | -

Oldin xabar qilganimizdek, bugun “Andijon” qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.

Jamoa vakillari joylashgan havo kemasi “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda soat 10:00 da parvozga ko‘tariladi.

Safar oldidan murabbiylar shtabiga ikki nafar mutaxassis qo‘shildi. Bular – Nikolay Shevchenko hamda Anatoliy Kurlayev. O‘z vaqtida Kurlayev futbolchi sifatida “Andijon” safida to‘p surganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.

“Andijon” delegasiyasining Turkiyaga yo‘l olayotgan tarkibi quyidagicha:  

Rahbariyat
Bosh direktor: Ulug‘bek Mirzayev
Sport direktori: Elbek Samatov
Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov
Bosh murabbiy yordamchisi: Artyom Petrosyan
Darvozabonlar murabbiyi: Qobil Olimjonov
Murabbiylar: Elyor Rahmatullayev, Nikolay Shevchenko
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Anatoliy Kurlayev
Shifokor: G‘ofurjon Jo‘rayev
Fizioterapevt: Omatillo Ortiqov
Massajchi: Azizbek Karimov
Administrator: Xursandbek Qosimov
Matbuot kotibi: Shuhratbek Jo‘rayev
Tahlilchi: Sherzodbek Mamadaliyev

Futbolchilar
Darvozabonlar:
Eldor Adhamov
Mohir Komilov
Himoyachilar:
Ildar Mamatkazin
Islom Mamatkazin
Abdurahmon Komilov
Abduvohid G‘ulomov
Vladimir Bubanya
Ahmadjon Anvarov
Ilhom Alijonov
Yarim himoyachilar:
Aslbek Aysarov
Farhod Bekmurodov
Sardor Azimov
Farhod Sohibjonov
Muhammadkarim Toirov
Ilhom Abdug‘aniyev
Sardor Abdunabiyev
Suhrob Berdiyev
Hujumchilar:
Shahboz Erkinov
Izzat Abdulxaqov
Bobur Farhodov

Jamoaning Antaliyadagi yig‘iniga shu kunning o‘zida legioner o‘yinchilar ham qo‘shiladi. Jumladan, 1988 yilda tavallud topgan ukrainalik tajribali darvozabon Igor Litovka “Andijon” ixtiyoriga yetib keladi. Uning oxirgi klubi Xorvatiyaning “Zagora” jamoasi hisoblanadi.

Ukrainalik yarim himoyachi Levan Arveladze ham “Andijon” safiga qo‘shiladi. 1993 yilda tug‘ilgan Arveladze yarim himoyachi bo‘lib, bungacha Gruziyaning “Torpedo” Kutaisi klubi sharafini himoya qilgan.

Bulardan tashqari, yana bir legioner gruziyalik yarim himoyachi Nodari Kavtaradze bo‘lib, u 1993 yilda tavallud topgan. Tajribali o‘yinchining so‘nggi jamoasi Kutaisining “Torpedo”si hisoblanadi.

Qolaversa, jamoamizning Turkiyadagi yig‘ini davomida yana boshqa legionerlar ham qo‘shiladi. Bu haqida rasmiy sahifalarimiz orqali keyinroq ma’lumot beramiz.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon”ning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘uloti 27 yanvardan 17 fevralga qadar davom etadi va bir qator nazorat o‘yinlarida ishtirok etadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:12, 27.01.2023.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.