Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Inter" "Liverpul" hujumchisini ko‘zlamoqda

"Inter" "Liverpul" hujumchisini ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

“Inter” yozda “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoni tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Braziliyalik hujumchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, Italiya klubi Firminoni "Chelsi"dan ijara muddati uzaytirilmasa, Romelu Lukakuning o‘rniga tekinga o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, Roberto “Inter”ga o‘tishga juda qiziqmoqda.

Hozirda Firmino "Liverpul"dan yiliga 10 million yevro maosh olmoqda. "Inter" bunchalik ko‘p to‘lashga tayyor emas. Biroq, Roberto o‘z maoshini yiliga taxminan 8 mln yevroga kamaytirishga rozi bo‘lsa, "Inter" uning maoshini to‘lab bera oladi (bu holda klub soliqlar bilan unga yiliga 10,5 mln yevro sarflaydi).

Bunday maosh Firminoni "Inter"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiritadi. Bu miqdor hozirda Lukaku olayotgan maoshdan oshmaydi.

Firmino joriy mavsum “qizillar” safida barcha turnirlar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:41, 27.01.2023.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик