Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Yago Aspasdan Fernando Torresgacha: APL davridagi "Liverpul"ning to‘qqizinchi raqam egalarini baholaymiz

Yago Aspasdan Fernando Torresgacha: APL davridagi "Liverpul"ning to‘qqizinchi raqam egalarini baholaymiz

Baho:
+ | -1

"Liverpul"da 9-raqam egasi bo‘lish katta sharaf hisoblanadi. Chunki bu raqam tarixda eng yaxshilar tomonidan foydalanilgan. Shuningdek, to‘qqizinchida ba’zi bir "autsayder"lar ham harakat qilgan. Quyida so‘nggi o‘ttiz yilda ushbu raqamga kimlar egalik qilganini bilib olasiz.

10. Yago Aspas

Muxlislarning sevimli futbolchisi "Enfild"da o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsata olmadi. Ayni damda "Selta" safida harakat qilayotgan qahramonimizning darajasi, shunchaki, mersisaydga mos emasdi.

9. Riki Lambert

Lambert 32 yoshida yana "Liverpul"ga qaytadi. Ushbu klub maktabidan chiqib, asosiy faoliyatini pastki ligalarda o‘tkazgan hujumchi, 17 yildan keyin yana jonajon jamoasiga qaytib keladi. Lambert "Liverpul" bilan ikkita gol urishga erishgandi. Bu esa Aspasdan ikkitaga ko‘proqdir.

8. Kristian Benteke

Benteke darajasining juda tezlik bilan tushib ketishi, APL tarixidagi eng sirli voqea edi. Balki boshqa omillar bordir. Lekin shu narsa aniqki, Benteke ajoyib futbolchi va uning "MYU" darvozasiga "Old Trafford"da kiritgan akrobatik golini hech kim unutmaydi.

7. Endi Keroll

Keroll bir paytlar rekord, 35 million funtga xarid qilingandi. Ammo u o‘zidan kutilgan natijani oqlay olmagan. Ingliz hujumchisi 58 o‘yinda 11 ta gol ura olgan, xolos.

6. Jibril Sisse

Tarixdagi o‘sha mash’um kunda dahshatli oyoq sinishi bo‘lmaganida edi, Sissening Angliyadagi faoliyati yaxshiroq kechardi. Ammo uning aniq zarbalari sababli "Liverpul" YECHL va Angliya kubogini yutishga erishganini esdan chiqarmaslik kerak.

5. Nikolya Anelka

Anelka mersisaydliklar safida faqatgina yarim mavsum, shu ham bo‘lsa "PSJ"dan ijaraga kelib, o‘ynab ketgan. Ammo fransuz hujumchisi 5 ta gol urishga erishgandi. Keyingi mavsum esa Anelka u yerni tark etgan.

4. Ian Rash

"Liverpul"ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri sifatida Rash bu ro‘yxatning boshida bo‘lishi kerak edi. Ammo uning eng yaxshi davrlari APL tashkil topishidan oldin yuz bergan. Shunga qaramay, u APL turnirida 45 ta gol urishni uddasidan chiqqan.

3. Roberto Firmino

So‘nggi uchlikni qay tarzda joylashtirishga juda ham qiynaldik. Muxlislarning ko‘pchiligi Firminoni ro‘yxatni boshida bo‘lishini istashgan bo‘lardi. Ammo uning ishlar asosan Mane va Saloh bilan bitgan. Braziliyalik o‘zining pik darajasida bir mavsumda 27 ta gol va 17 ta assistni amalga oshira olgandi.

2. Fernando Torres

Torres APL tarixidagi eng yaxshi to‘qqizinchi raqam egasi sifatida e’tirof etilishi kerak. Afsuski, lekin "Liverpul" tarixida emas. Torresning sovrin yuta olmagani va beqaror ekani ro‘yxatda ikkinchi bo‘lishiga zamin yaratdi.

1. Robbi Fauler

Xudo! "Liverpul" muxlislari uni aynan shunday – "Xudo" deb atar edi. Bundan yaxshiroq taxallus bo‘lmasa kerak. Kimlardir eslaydi, kimlardir yo‘q. Ammo Fauler "Liverpul"dagi dastlabki to‘rt mavsumida 188 ta o‘yinda maydonga tushib, 116 golga mualliflik qilgan edi. Futbolning ashaddiy muxlislar hali ham uning davrini juda ham sevib eslaydi. YouTuBe'dan uni qidiring va Fauler aslida kim ekaniga yana bir bor amin bo‘lasiz!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 15:57, 29.01.2023.
O'qildi: 1795 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.