Gabriel Jezus ayni damda "Arsenal"dagi to‘qqizinchi raqam egasi sanaladi. Ammo uning o‘tmishdagi raqamdoshlari qanday bo‘lgan?
Hammamiz bilamizki, "Arsenal" APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlarga egalik qilgan. Shunga qaramay, ular ichiga kiruvchi Tyerri Anri va Ian Rayt kabi yulduzlar to‘qqizinchi raqamni olmagan. Baribir, aniq ayta olamizki, "Arsenal"ning to‘qqizinchi raqamlari o‘ziga yarasha zafar quchishga erishdi. Quyida ushbu klub tarixidagi markaziy hujumchilar haqida gaplashamiz.
1. Nikolya Anelka
"PSJ"dan atigi 500 ming funtga xarid qilingan futbolchi, ikki mavsumdan keyin "Real"ga 22,3 million funtga pullangan edi. Anelka shu ikki yil ichida APL va Angliya kubogini qo‘lga kiritishga erishgan. Nikolya haqida Tyerri Anri shunday degandi: "Bilasizmi, ko‘pchilik odamlar uning nimalarga qodir ekanini yaxshi bilmagan. Shaxsan, men buni juda ham yaxshi bilaman. Angliyada men ko‘rgan hujumchilar ichida eng yaxshilaridan biri aynan Aneltka edi".
Shu fikrdan keyin ham Anelkaning qanday futbolchi bo‘lgan ekanini bilib olish mumkin.
2. Gabriel Jezus
Agar u hozir ham o‘ynab turganida, Jezus bu ro‘yxatda yaxshiroq o‘rinda turishi mumkin edi. Braziliyalik hujumchi "Arsenal" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Shuningdek, bu o‘yinlarda 5 ta gol (5 ta assist) urish ham juda yaxshi rekord emas. Ammo aytish kerakki, Jezus jamoaga taklif qilgan daraja mutlaqo muhim edi. Uning kelishi Mikel Arteta jamoasining yetakchligida katta omil bo‘ldi. 25 yoshli futbolchi hali qaytadi va yana jamoasiga yordam berishda davom etadi.
3. Aleksandr Lyakazett
2017 yilning yozida "Lion"dan 46,5 million funt - rekord summada olib kelingan hujumchi, o‘zining besh mavsumlik davrida muxlislarni ikkiga bo‘lib keldi. Ayrimlar uni "Arsenal"ga noloyiq deb hisoblasa, qolganlar fransuz futbolchisidan qoniqish hosil qilgan. Lyakazett ba’zan beqarorlikdan, ba’zan jarohatlardan, boshqa paytda esa, jamoadoshi bo‘lgan Obameyangning soyasidan aziyat chekkan. Ammo u 2018-19 yilgi mavsumda eng yaxshi futbolchi deya topiladi. 2020 yilda esa Arsen Venger davridan keyingi ilk sovrinni - Angliya kubogini yutishda "Arsenal"ga katta yordam bergan. Lyakazett to‘pchilar safida jami 206 ta o‘yinda maydonga tushib, 71 ta golga mualliflik qildi. U 2022 yilning yozida yana "Lion"ga qaytib ketgan edi.
4. Pol Merson
To‘qqizinchi raqamli hujumchidan ko‘ra, yarim himoyachi vazifasini bajargan Merson, ikki mavsum davomida, 1995-1997 yillarda ushbu raqamni taqib yurgan edi. Afsuski, Merson, ko‘p o‘tmay, Arsen Venger tomonidan sotib yuboriladi. Bu ketishning aniq sabablari esa hali ham ma’lum emas.
5. Lukash Podolski
Chap oyoqda eng qattiq zarbani bera oladigan futboli bu Lukash Podolski edi. Asli polyak bo‘lgan sobiq Germaniya terma jamoasi a’zosi, to‘qqizinchi raqam bo‘lishiga qaramay, asosan, vinger vazifasini bajargan. U "Arsenal"dagi ikki yarim yillik davrida 31 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Shu sababli uning o‘rni beshinchi sifatida e’tirof etildi.
ISMATOV J.