Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Messi: "Menga bu qilgan ishim yoqmadi"

Messi: "Menga bu qilgan ishim yoqmadi"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Niderlandiyaga qarshi o‘yindan keyin qilgan xatti-harakatlaridan afsusda.

Argentinalik futbolchi flesh-intervyu paytida Vegxorstga bu yerdan ketishini aytdi. U o‘z navbatida Messi bilan qo‘l berib ko‘rishmoqchi ekanligini aytgandi.

“Men bu haqda o‘ylamagandim, hammasi bir zumda sodir bo‘ldi. Men ularning o‘yindan oldin aytganlarini, van Gal nima deganini bilardim. Vegxorstga “bu yerdan ket” deganim menga yoqmadi.

Katta keskinlik, asabiylashish lahzasida hamma narsa juda tez sodir bo‘ladi. Inson o‘zi qanday munosabatda bo‘lsa, bu haqda o‘ylamasdan shunday munosabatda bo‘ladi. Men o‘zim haqimda bunday taassurot qoldirishni yoqtirmayman, lekin bular ham sodir bo‘ladi", - deya Messidan iqtibos keltiradi Tyc Sports.

Argentina JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasida 3:3, 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 05:12, 31.01.2023.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик