Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Bugun amalga oshishi mumkin bo‘lgan, kutilmagan transferlar

Bugun amalga oshishi mumkin bo‘lgan, kutilmagan transferlar

Baho:
+ | -

 Qishgi transfer oynasida ko‘plab futbolchilar o‘z jamoasini almashtirmoqda. Ba’zi transferlar kutilmaganda amalga oshgan bo‘lsa, ba’zilari shov-shuv bo‘lib amalga oshmay qoldi. Bugun Yevropada transfer oynasi yakunlanadi. Shu sabab bir nechta kutilmagan transferlar amalga oshishi mumkin. Quyida ular bilan tanishamiz.

Sofyan Amrabat: “Barselona”, “Atletiko” va “Liverpul”

Mundialda kashf etilgan marokashlik futbolchining xaridorlari talaygina. “Fiorentina” o‘z futbolchisini sotishi bilan yaxshigina foyda ko‘rishi mumkin. Amrabat uchun asosiy davogar yo‘q. Ammo uning transferi bugun amalga oshishi mumkin. Amrabatning o‘zi “Atletiko” safiga boib qo‘shilish istagida. Ammo “Barselona” faol ravishda futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ammo “Blaugranas”ning taklifi “binafsharanglilar”ni qoniqtirmayapti. Moliyaviy muammo sabab “Barselona” Amrabatni 40 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. “Fio” esa futbolchisini xozir sotish istagida. Bu orada “Liverpul” ham urashga qo‘shilgan. Agar ularning niyati jiddiy bo‘lsa transferni amalga oshirishi mumkin. Oxirgi variant “Atletiko”. Agar “ayiqlar” futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni istasa, Sofyanning fikri hammasini hal qilishi mumkin.

Bernardo Silva: “Barselona” va yana bir nechta grand klublar

 “Manchester Siti”dagi vaziyat unchalik yaxshi emas. Murabbiy va bir nechta futbolchilar o‘rtasida kelishmovchilik mavjud. Ular orasida kecha jamoani tark etgan Kanselu va Bernardu Silva ham bor. Gvardiola o‘zi bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan futbolchilarning jamoadan ketishiga umuman qarshi emas. Bu xolatda har qanday sotib olish sharti bilan ijaraga olish taklifi ham ko‘rib chiqiladi. Ya’ni grand jamoalar Bernardu uchun xozirdan “otning kallasi”dek pul izlashi shart emas.

 Yozda Bernarduga “Barselona” faol qiziqqan edi. Ular Sofyan variantidan voz kechib Bernardu variantiga to‘xtalishi ham mumkin. Dembelening olgan jarohati tufayli jamoada aktiv hujumkor futbolchilar soni kamaydi va zahira futbolchilari kutilgan sifatni namoyish etishiga jamoa ham ishonmasa kerak. Bunday xolatda Bernarduning vinger sifatida maydonda harakatlanishi ham e’tibordan chetda qolmaydi. Shuningdek, Burnarduga boshqa grand jamoalar taklif bilan chiqishsa ham “shaharliklar” uni rad etmasligi mumkin.

N’golo Kante: Yevropa jamoalari yoki Arab mamlakatlari

 Kante “Chelsi”ni yozda tark etishi kutilayotgan edi. Ammo so‘nggi soatdagi voqealar futbolchining klubdan ketishi tezlashib ketishiga ishora bo‘lmoqda. Fransiyalikning shartnoma muddati yozda yakuniga yetishi, “Chelsi”da unga ehtiyoj sezilmayotgani va Ensoning bo‘lajak transferi hammasini oydinlashtirmoqda. Ko‘rinishidan yarim himoyachi yozgacha qolsa ham “Chelsi” tarkibida maydonga tushmasa kerak. Bunday xolatda transferlarga zo‘r berayotgan “aristokratlar” futbolchisidan maksimal foydalanib qolishi mumkin. Huddi Jorjinyo atrofida bo‘layotgan voqealar singari.

Hozircha Kantening qaysi jamoaga o‘tishi mumkinliga haqida aniq fikrlar yo‘q. Yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni istayotgan “Barselona” ham variant bo‘lishi mumkin. Chunki Kante “ko‘k-anorranglilar”ga arzimagan pul evaziga ham borishi mumkin. Shuningdek, kutilmagan variantlarni ko‘rib qolsak ham ajablanmang. Aytgancha, katta transferlarni Arab mamlakati klublari ham amalga oshirishi mumkinligini allaqachon isbotlab bo‘lgan.

Shuningdek, Ilkay Gundogan va Nikolo Dzanoloning ham klubi o‘zgarishi mumkin.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:01, 31.01.2023.
O'qildi: 7338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.