Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: "Asosiysi, jamoamizda potensial bor"

Aleksandr Xomyakov: "Asosiysi, jamoamizda potensial bor"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Chiksereda” (0:0) uchrashuvidan keyin Aleksandr Xomyakov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

-  Ha, bu bizning ushbu yig‘inimizdagi dastlabki o‘yinimiz. Birinchi uchrashuv uchun normal holat. Birinchi bo‘limda yangi kelgan yigitlarni ko‘rib oldik. Jamoamiz a’zolarining bir-birlarini to‘liq tushunib, jamoaviy o‘ynashlari uchun hali biroz vaqt bor. Umuman olganda, qoniqish hosil qildim. Qayerdadir tashabbusni berib qo‘ydik, ammo ko‘proq to‘pga ega chiqdik. Hali ishlashimiz kerak, asosiysi, jamoamizda potensial bor.

Hozircha legionerlar jamoaga to‘liq kirishib ketishgani yo‘q. Umid qilamanki, keyingi o‘yinga yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishlari kerak. Ular saviyali o‘yinchilar. Faqat funksional holatini yaxshilash kerak, umuman olib qaraganda yomon emas.

Ruminiya jamoasini tajovuzkorligi va chidamliligi ko‘rindi. Ular ham yomon emas. Futbolchilari o‘z joylarini almashib harakatlanishdi. Menimcha, ikkinchi bo‘limda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Asosiysi, jamoamizning holatini va xatolarimizni ko‘rib olib, ular ustida ishlash edi. Bu tomondan yaxshi o‘yin bo‘ldi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:57, 01.02.2023.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик