Kecha tunda «Old Trafford»da Angliya liga kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvi yakunlandi. «Manchester Yunayted» va «Nottingem Forest» ushbu bosqichda o‘zaro bahslashdi (2:0).
E’tiborlisi, «qizil iblislar» Erik ten Xag bilan barcha musobaqalarni inobatga olgan holda, ketma-ket o‘n ikki uy o‘yinida g‘alaba qozonishdi.
Bu «mankunianliklar» tarixida 1986 yildan 2013 yilgacha klubni boshqargan Aleks Fergyuson davridan beri sodir bo‘lmagandi.
26 fevral kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadigan turnirning hal qiluvchi bahsida «Manchester Yunayted» «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.