Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Husniddin G‘ofurov «Metallurg» bilan shartnoma imzoladi

Husniddin G‘ofurov «Metallurg» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasidan foydalangan «Metallurg» PFK tarkibini Superliganing tajribali o‘yinchilaridan biri bilan boyitdi. O‘tgan mavsumni «So‘g‘diyona» jamoasida o‘tkazgan hujumchi Husniddin G‘ofurov «Metallurg» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Husniddin futbolchilik faoliyatini «NBU Osiyo» jamoasida boshlab, qisqa muddat ichida  xorij jamoasiga o‘tib ketgan kam sonli o‘zbek futbolchilaridan biri sanaladi. 2013 yilda Serbiyaning «Yavor» jamoasi bilan shartnoma imzolagan G‘ofurov keyinchalik «Mladost» klubida ham o‘ynadi. 2018 yildan e’tiboran esa Superligamizga qaytdi. Ilk mavsumdayoq «Lokomotiv» tarkibida O‘zbekiston chempionatida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Keyingi mavsumda esa «Paxtakor» bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. U shuningdek, Termizning «Surxon», Olmaliqning AGMK, Farg‘onaning «Neftchi» hamda Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoalarida o‘ynadi.

Husniddin G‘ofurov ikki karra O‘zbekiston chempioni (2018, 2019), O‘zbekiston kubogi sohibi (2019). Superligada 105 ta o‘yinda maydonga chiqqan, 8 ta gol kiritgan, 13 marta sariq kartochka bilan jazolangan.
 
Husniddin G‘ofurov, 28 yoshda.
1994 yilning 29 iyul sanasida Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Bo‘yi – 176 sm
Vazni – 74 kg
Ampluasi - hujumchi

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:39, 03.02.2023.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик