Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Futbol haqida ushbu blis faktlarni bilarmidingiz?

Futbol haqida ushbu blis faktlarni bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

Quyida futbol tarixida ko‘pchilik e’tibor bermagan faktlarga qisqacha to‘xtalamiz.

1. Germaniya futbol tarixidagi jahon chempionati final bahslarida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan (4 marta) jamoa hisoblanadi.

2. «Yuventus» futbol tarixidagi YECHL finallarida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan klubdir (7 marta).

3. Krishtianu Ronaldu - tarixda birorta sovrin yutmasdan turib «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi (2013).

4. Xorxe Kampos - ba’zida hujumchi sifatida o‘ynaydigan darvozabon. U bahslar davomida 46 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.

5. Argentinalik futbolchi Martin Palermo Kolumbiyaga qarshi o‘yinda 3 marta penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lgan, biroq ularning barchasini ko‘kka sovurgan. Keyinchalik uning jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi (1999).

6. Sinisha Mixaylovich «Lasio» tarkibida bitta o‘yinda 3 ta jarima zarbasini aniq amalga oshirgan (1999). U ajabtovur xet-trikni «Sampdoriya»ga qarshi yo‘llagan oqshom rimliklar 5:2 hisobida zafar quchgan.

7. «Qalqon» laqabi bilan mashhur kolumbiyalik Xerardo Bedoyya faoliyati davomida 46 ta qizil kartochka olgan. Biz qo‘pol ta’rifini juda ko‘p ishlatadiganimiz Serxio Ramos esa 27 marta maydonni erta tark etgan. 

8. Mark Xyuz 1 kunda 2 marta o‘yin o‘tkazgan. Uels terma jamoasi safida Yevro saralash bosqichida o‘ynaganidan so‘ng, kunning ikkinchi qismida Germaniyaga uchib, «Bavariya» uchun kubok finalida ham ishtirok etgan (1987).

9. Urugvaylik Sebastyan Abreu butun faoliyati davomida 32 xil klubda o‘ynagan yagona futbolchi hisoblanadi.

10. Mashhur Zlatan 30 yarddan ko‘proq masofadan turib chalqancha uslubda zarba yo‘llab gol urgan (eng uzun masofadagi chalqancha gol)

11. Jon Samuelsen 60 yarddan turib bosh bilan zarba yo‘llash orqali sheriklarini pas bilan ta’minlagan. Bu rekord!

12. Yana o‘sha Ibrahimovich! U debochalarga ramziy tusda qaraydi. Zlatan YECHL, Erediviziya, La Liga, A Seriya, Liga 1, APL hamda MLSdagi debyut o‘yinlarida gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.

13. 2000 yilgi APLning bir bahsida hakam start hushtagini chalishi bilanoq Li Todd ismli o‘yinchi referiga nisbatan jirkanch so‘zlar ishlatgan. Hakam buni anglagan zahoti tezkor qizil kartochkani ko‘rsatgan. Rasmiy ravishda, hatto Toddning chetlatilishi ham futbol tarixidagi eng tezi emas. «Sheffild Yunayted» a’zosi Keyt Gillespi 2007 yilda 1 soniya ham o‘tmasdan maydondan chetlatilgan. U bahs boshlanmasidan oldin raqibni tirsagi bilan turtib yubordi.

14. 2013 yilda Serj Jexua zahiradan maydonga tushirilishidan 3 soniya o‘tib qo‘pollik qildi va darhol qizil kartochka oldi. U yakunda jilmayib qo‘ydi. Bu uning klubdagi birinchi va oxirgi o‘yini edi.

15. 2016 yilda Alirizo Beyronvand to‘pni qo‘llari bilan eng uzoq masaofaga tashlash bo‘yicha rekordni yangilagan. To‘p 61 metr masofani bosib o‘tgan. Bahs 2016 yil 11 oktyabrda Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tgan.

16. Penaltilar seriyasi 1970 yilda joriy qilingan.

17. Ofsayd tizimi 1863 yilda joriy qilingan.

18. 1946 yilda «Stokport» va «Donkaster» o‘rtasidagi kubok o‘yini 3 soat 26 daqiqa davom etdi,  shunday bo‘lishiga qaramasdan g‘olibni aniqlash uchun tangadan foydalanilgan.

Kiritildi: 15:45, 03.02.2023.
O'qildi: 2551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.