Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Kerim Palich: «Natijalar qanday bo‘lishini yil oxirida bilamiz»

Kerim Palich: «Natijalar qanday bo‘lishini yil oxirida bilamiz»

Baho:
+ | -

«Metallurg» qolgan jamoalardan farqli ravishda xorijda emas, taraddudni o‘zimizda olib bormoqda.

 Bekobodliklar o‘tgan haftada «Surxon» va «Dinamo»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga chiqishdi. Tabiiyki yurtimizdagi iqlim sharoiti to‘liq shug‘ullanishga imkon bermayapti. Shu bois jamoa bor yo‘g‘i ikki marotaba tabiiy maydonda o‘yin o‘tkazdi. Luisma Ernandes o‘tgan yilgi tarkibdan ayrim futbolchilarni saqlab qolgan holda bir nechta ijrochilarni qo‘shib yaxshi jamoa tuzishga harakat qilyapti. 2022 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida jamoaga qo‘shilgan Bosniya va gersogovinalik legioner - Kerim Palich tayyorgarlik jarayonlari va klubdagi sharoitlar, mamlakatimiz futboli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kerim yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti? 

- Ob-havo ayrim muammolarni yuzaga keltirganini hisobga olmasak, hammasi yaxshi ketmoqda. Mashg‘ulotlar aniq dastur asosida olib borilyapti. Eng muhimi jamoadagi barcha futbolchilar sog‘lom. Boshqacha sharoitda shug‘ullanganimizga qaramay jiddiy jarohatlar kuzatilgani yo‘q.

- Jamoa muammolarga duch kelmadimi?

- Yuqorida aytganimdek salomatlikdan boshqa hamma narsaning ilojini topish mumkin. Yangi mavsumga jarohatlarsiz yetib borish muhim hisoblanadi. Chempionat hali uzoq davom etadi.

- Rahbariyat natijalarni yaxshilash yo‘lida qanday ish olib boryapti?

- O‘ylaymanki, rahbariyat a’lo darajada ishlamoqda va ular klubni yuqori darajaga olib chiqadigan ajoyib rejaga ega. Bu mavsumda natijalar yaxshiroq bo‘ladi, degan umiddaman. Tarkibga bir nechta yangi o‘yinchilar olib kelindi, ba’zi futbolchilar jamoada qolishdi. Natija qanday bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Yil yakunida turnir jadvaliga qarab baho beramiz.

- Jamoada har tomonlama professional, yoshlarni ortidan ergashtira oladigan futbolchi sifatida kimni ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- Men barcha futbolchilar mehnatkash va professional ekanligiga ishonaman, chunki murabbiy Luisma bizdan aynan shuni talab qilmoqda. Menga Aleksandr Lobanov eng ko‘p yordam qo‘lini cho‘zadi, garchi u bizning eng tajribali o‘yinchimiz bo‘lsa ham.  U maydonda ham, uning tashqarisida ham maslahatlarini ayamaydi. Bunday futbolchilar jamoada ko‘p va barchalarini qattiq hurmat qilaman. Ulardan kerakli narsalarni olishga urinaman.

- O‘zbekiston chempionatida o‘ynagan ham­yurtlaringizdan kimlarni bilasiz?

- Samir Bekrich «Bunyodkor»da yaxshi o‘yin ko‘rsatgan, deya olaman. «Nasaf»da Dilaver Xaris va Semir Smaylagich ham yomon o‘ynashmagan.

- O‘zbekistondagi maydonlar haqida fikringiz qanday? Qaysi maydonda o‘zingizni qulay his qilib zavqlanib o‘ynagansiz?

- Albatta, birinchi galda o‘z maydonimizdagi o‘yinlarda. Lekin O‘zbekistonda havosi yaxshi bo‘lgan ajoyib stadionlar bor. Bu borada Toshkentning «Paxtakor» va «Lokomotiv» stadionlarini alohida e’tirof etgan bo‘lardim.

- O‘zbekiston chempionati darajasi haqida nima deya olasiz?

- Superliganing o‘zi haqida fikrlarim ijobiy. Fikrimcha, chempionat ancha yaxshi darajada. Ligada yaxshi saviyadagi jamoalar ko‘p: yaxshi infratuzilmaga ega bo‘lgan jamoalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu esa saviyani yanada oshiradi.

A.ISKANDAROV suhbatlashdi

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:30, 04.02.2023.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.