Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Obbo, tinib-tinchimagan Alves-e... Dani yana ikkita zo‘ravonlik ishi bilan ayblanishi mumkin

Obbo, tinib-tinchimagan Alves-e... Dani yana ikkita zo‘ravonlik ishi bilan ayblanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves ishi bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi.

Dani Alves zo‘rlashda ayblanmoqda. Braziliyalik futbolchi 20 yanvardan beri hibsda. Marca nashri xabariga ko‘ra, bu holatda yangi qurbonlar paydo bo‘lishi mumkin.

Zo‘ravonlik qurboni bilan birga kelgan ikki qiz tergov sudi raisi oldida ko‘rsatma berdi. Ikkalasi ham da’vogarning so‘zlarini tasdiqladi va yangi tafsilotlarni qo‘shdi. Ular sudyaga braziliyalik futbolchi ayollardan biriga yaqinlashib, uning belidan quchoqlab qo‘yganini aytishgan. Ikkinchi qiz Alvesning avrat joylariga tekkanini aytdi. Sudya ikki ayolni jinsiy zo‘ravonlik uchun sobiq futbolchi ustidan shikoyat yozishni taklif qildi.

Agar boshqa shikoyat tushsa, Dani Alves ishi ortga suriladi. Hozirda futbolchining advokatlari hibsdan qochish xavfi yo‘qligini ta’kidlab, Barselona sudida uning hibsga olinishiga e’tiroz bildirmoqchi.

Kiritildi: 12:25, 04.02.2023.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.