Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Mikel Arteta "Arsenal"lining so‘nggi beshta mag‘lubiyati: jamoa bunga qanday javob bergandi?

Mikel Arteta "Arsenal"lining so‘nggi beshta mag‘lubiyati: jamoa bunga qanday javob bergandi?

Baho:
+ | -

1. "MYU" 3-1 "Arsenal" (2022 yil, sentyabr)

"Arsenal" 2022-23 yilgi mavsumni ajoyib boshlagan edi. "MYU"ga qarshi birinchi davra o‘yiniga, bu jamoa ketma-ket beshta g‘alaba bilan yetib kelgan. O‘yin juda ham energetik boshlanib, londonliklar ten Xag jamoasini qamal qiladi. Ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmagan "Arsenal", qarshi hujumlarda bir necha marta jazolanadi. 3-1 hisobidagi mag‘lubiyat, kechagi kungacha jamoaning yagona salbiy natijasi sifatida qayd etilib kelayotgandi. "Manchester Yunayted"dan keyingi o‘yin "Brentford" bilan bo‘ladi va unda to‘pchilar 3-0 hisobida zafar quchadi. Shunday qilib, Mikel Arteta shogirdlari, keyinchalik, 10 ta turda jami 26 ochko to‘plagan edi.

2. "Tottenxem" 3-0 "Arsenal" (2022 yil, may)

O‘tgan mavsumda YECHL uchun kurash avj olib ketadi. May oyida esa Shimoliy London derbisi bo‘lib o‘tadi. "Arsenal" bu o‘yinda kamida durang qayd etishi kerak bo‘lgan. Ammo hammasi teskari bo‘lib ketdi. 3-0 hisobidagi mag‘lubiyat jamoa ruhiyatiga qattiq ta’sir qildi. Ko‘p o‘tmay, "Nyukasl" ham "kanonirlar"ni mag‘lubiyatga uchratadi (2-0). Ushbu ikki mag‘lubiyat "Arsenal"ning YECHL orzusiga mantiqiy yakun qo‘yadi. 38 turda "Everton" bilan bahsda 5-1 hisobi qayd etiladi. Ammo bu hech narsani anglatmas edi. "Arsenal" yozda o‘zining ruhiy jarohatlarini davolab, mavsumoldi bahslariga xuddi och mahluq kabi qaytadi.

3. "Kristal Pelas" 3-0 "Arsenal" (2022 yil, mart)

"Arsenal" o‘zining eski do‘sti bo‘lgan Patrik Viyeyra jamoasiga qarshi kelganida ajoyib formada edi. Arteta jamoasi "Selxurst Park"dagi o‘yingacha beshta turda ketma-ket g‘alabalar bilan kelgandi.
O‘yin keyin: "Biz yomon o‘yin ko‘rsatdik, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Men muxlislardan kechirim so‘rayman. Bugungi o‘yinda yetarlicha fidokorlik ko‘rsata olmadik. Bu meni jahlimni chiqardi. Ba’zida futbolchilar kerakli joylarga vaqtida yetib bora olmaydi. Bosimni yengib o‘ta olmadik va mag‘lub bo‘ldik", – degan edi Mikel Arteta. "Arsenal" keyingi ikki turlarda ham "Brayton" va "Sautgempton"ga qarshi mag‘lubiyatga uchraydi. Kamiga, asosiy tarkib futbolchilari bo‘lgan Kiran Tirni va Tomas Partilar jarohat bilan safdan chiqadi. Shunga qaramay, Arteta hammasini o‘nglaydi va "MYU" va "Chelsi"dan olti ochkoni tortib oladi.

4. "Arsenal" 1-2 "Manchester Siti" (2022 yil, yanvar)

Yangi yilning ilk kunidagi mag‘lubiyat o‘ta alamli edi. Ammo "Arsenal" o‘yin davomida katta ustunlikka erishadi. Shunday ajoyib harakatlar ochko bilan taqdirlanmasa ham, muxlislarga umid bergandi. Rodrining qo‘shib berilgan daqiqalardagi goli Emireytsni larzaga keltirgan. Bu mag‘lubiyatdan keyin yomon seriya qayd etildi. Avvaliga "Nottingem" bilan Angliya kubogidagi mag‘lubiyat, keyin esa liga kubogida "Liverpul"dan uchralgan 2-0 hisobidagi omadsizlik jamoani qiynab qo‘yadi. APLda esa "Byornli" bilan nursiz durang ham qayd etilgan. Ammo "Arsenal" taslim bo‘lmadi va keyingi 5 ta bahsda qatorasiga g‘alabaga erishildi.

5. "Brentford 2-0 "Arsenal" (2021 yil, avgust)

2021-22 yilgi mavsum "Arsenal"ning so‘nggi yigirma yil ichidagi ilk Yevrokuboklarsiz davri edi. Chunki undan oldingi mavsumni "Arsenal" 8 o‘rinda tugatgandi. "To‘pchilar" yangi mavsumning ilk haftalarida o‘ta qattiq sinovlardan o‘tkaziladi. Dastlabki uchta o‘yin mag‘lubiyat bilan tugaydi. "Brentford"dan ikkita, "Man Siti"dan 5 ta, "Chelsi"dan 2 ta gol o‘tkazgan "Arsenal", jami to‘qqizta gol farqi bilan 20 o‘ringa tushib qoladi. Jamoani yarasiga tuz sepib, Nunu Eshpiritu Santuning "Tottenxem"i dastlabki uchta turdan keyin 9 ochko bilan yetakchilik qila boshlagandi. Biroq, klub rahbariyati sabr qildi va Artetaga vaqt berdi. Shundan keyin "Arsenal" 3 ta o‘yinda ketma-ket g‘alabaga erishadi. Bir oydan keyin esa "Tottenxem" ortda qoldirilgan edi. Shunaqa, futbolda narsalar tez o‘zgaradi. Shunday qilib, "Arsenal" aksar vaqtlarda iroda ko‘rsata olgan. Ko‘ramiz, kechagi mag‘lubiyat asoratlari qanchagacha davom etarkin...

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 11:54, 05.02.2023.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.