Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

G‘alabasiz o‘yinlar rekordchisi

G‘alabasiz o‘yinlar rekordchisi

Baho:
+ | -

«Elche»ning 30 yoshli ispaniyalik himoyachisi Karlos Klerkni sahifamiz qahramoni sifatida tanishtirishga qaror qildik.

Chunki bu futbolchi hammasini qo‘shib hisoblaganda bir mavsumdagidan ko‘proq uchrashuvlarni g‘alabasiz tark etdi. Karlosning g‘alabasiz o‘yinlari 39ta. Qatorasiga emas, shuningdek, faqat bitta jamoa tarkibida ham emas. Lekin nima bo‘lganda ham, fakt: u La Liga doirasida 39 marta maydonga tushib, mag‘lubiyat yoki durang qayd etdi.

Noxush seriya qay tariqa yuzaga keldi?

Tarkibida Klerk bo‘lgan jamoa La Ligadagi so‘nggi g‘alabasiga bundan deyarli ikki yil avval erishgandi. U paytda Karlos «Levante» sharafini qilayotgan va 2021 yilning 10 aprel sanasida jamoasi bilan «Eybar»dan 1:0 hisobida ustun kelgandi.

Qizig‘i, g‘alaba keltirgan yagona golga sabab bo‘lgan samarali uzatmani aynan Klerk amalga oshirgandi. Bu uning mazkur davr oralig‘idagi oxirgi muvaffaqiyati emas: o‘tgan yilning oktyabridagi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda ham u assistni amalga oshirdi, ammo bu uzatma g‘alabani ta’minlay olmagandi. Noxush an’ana davom etmoqda.

Seriyadagi o‘yinlarning 6tasi 2020|2021 yillar mavsumida, 19tasi keyingi mavsumda «Levante» da va 14tasi joriy mavsumda «Elche»da qayd etilgan.

Ana shu 39ta bellashuvning 15tasida Klerk jamoalari durangga imzo chekishgan, 24tasida esa mag‘lubiyatni tan olishgan. La Ligadagi 32 uchrashuvli g‘alabasiz seriya antirekordini Karlos 2022 yil oktyabrida qayd etgan va avvalgi salbiy rekordchi (31) Xayme Romerodan o‘zib ketgandi. Romero 2012-2017 yillar oralig‘ida «Osasuna» va «Granada» tarkibida zafar zavqini sura olmagandi.

Ha, yaqinda Klerkning statistikasiga kubok turniridagi g‘alaba suqildi: joriy mavsumdagi «Gvadalaxara» (5-liga)ga qarshi o‘yinni hisobga olmaymiz. Qolaversa, Karlos zaxiradan maydonga tushgan keyingi raundda jamoa «Seuta»ga imkoniyatni boy berdi.

Demak, Karlos Klerkning jamoalari umuman g‘alaba qozonmas ekanda? Unchalik emas.

G‘alabalar bor, shunchaki, Klerk ulardan chetda qolgan.

  •  «Levante» 2021G‘22 yillar mavsumidagi dastlabki g‘alabaga 20-turda erishdi. Karlos kartochkalar ko‘pligi tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
  •  1 oydan so‘ng jamoa sensasion tarzda «Atletiko»ni mahv etdi - Klerk zaxirada qolib ketdi.
  •  1,5 haftadan keyin «Levante» «Elche»ni yengdi - yana zaxira.
  •  2022 yil bahorida jamoa 5ta g‘alabani rasmiylashtirdi, biroq Klerk «zayavka»da yo‘q edi.

Ehtimol klub tanlashda omadi chopmayotgan bo‘lishi ham mumkin

Aynan Karlos o‘ynagan davrda «Levante» g‘alabasiz seriya bo‘yicha chempionat antirekordini o‘rnatdi - aprel-dekabr oylari oralig‘idagi 26ta o‘yinda.

«Elche»dagi vaziyat yanada murakkabroq: Karlos borligida ham, yo‘qligida ham jamoa g‘alabaga erisha olmayapti. Top-chempionatlar beshligida faqat «Kremoneze» va «Elche»da g‘alaba yo‘q. Ochkolar bo‘yicha ispanlar natijasi pastroq: atigi 6 ochko.

Klerk jamoalari bir necha marotaba so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berishgan. Ayniqsa, 1:0 hisobida oldinda borayotgan «Levante» «Kadis»ning 90}7 daqiqadagi zarbasini qaytara olmagani achinarli.

Karlos Klerk kim, o‘zi?

Shunchaki, bir nechta faktlar: chap qanot himoyachisi, Badalonda dunyoga kelgan, futbol o‘ynashni «Espanyol»da o‘rgangan va o‘sha jamoada Xavyer Agirre davrida boshlagan. Yoshlar jamoasida tez-tez gol urib turgan bo‘lsada, hujumkor o‘yinchi bo‘lmadi. «Espanyol» akademiyasi murabbiyi Luis Planagumaning aytishicha, unga tajovuzkorlik xislati yetishmagan.

Klub Karlosni «Sabadel» va «Jirona»ga ijaraga bergan, keyin futbolchining o‘zi «Osasuna», «Levante» va «Elche»ga yo‘l olgan. «Osasuna»dagi faoliyatini himoyachi shunday xotirlaydi: «U yerda rivojlanishimga yordam beradigan raqobatni his etmadim. Shu sababli, muhitni o‘zgartirishga qaror qildim».

Karlosning «Levante»dan ketishi achinarli kechdi - mavsum nihoyasiga yaqinlashib qolganida uning tizzasi og‘rib qoldi. Klubdagilar buni simulyasiyaga yo‘ydilar. Shu bois, u 3 oy davomida «zayavka»dan chetda qoldi va jamoani tark etdi. Klerk uchun hech qachon pul to‘lashmagan - jamoalarga erkin agent maqomida o‘tgan. Karlos La Ligada 117 marta maydonga tushib, 20ta g‘alabaga hissa qo‘shgan. Masalan, 2021 yilda «Levante» «Santyago Bernabeu»da «Real»ni 2:1 hisobida maxv etganida, Karlos ham tarkibda edi. Futboldagi barcha ko‘ngilsizliklar va antirekordlar xotiralaridan Klerkni oilasi chalg‘itadi. Bundan yarim yil avval u to‘ng‘ich o‘g‘ilning otasiga aylandi.

Karlos antirekord xususida rasman munosabat bildirmadi. Shogirdining tabiati borasida murabbiy Planaguma shunday hikoya qiladi: «Karlosga boshqa futbolchilarga nisbatan doimo ko‘proq qiyinchiliklarni bartaraf etish to‘g‘ri keldi hammasiga u o‘z kuchi bilan erishdi. g‘alabasiz seriyani biz muhokama qilmaymiz. Bu shunchaki, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan tasodifiy ko‘rsatkichdan o‘zga narsa emas». Karlos Klerkning «Elche»si navbatdagi uchrashuvni o‘zi kabi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayotgan «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi. Noxush seriyadagi o‘yinlar soni 40taga yetishi ehtimoli yuqori.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:33, 05.02.2023.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.