Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Andijon»ning bugungi raqibi — «Volga» haqida

«Andijon»ning bugungi raqibi — «Volga» haqida

Baho:
+ | -

Bugun «Andijon» Antaliyadagi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini Rossiyaning “Volga” (Ulyanovsk) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bu klub Rossiya birinchi divizionida qatnashadi va ayni paytda musobaqa jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

“Volga” Antaliyadagi yig‘ini mobaynida shu paytga qadar bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishga ulgurdi.  3 fevral kuni “Nijniy Novgorod”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 5 fevralda ikkita o‘yin tashkillashtirildi. Kunning birinchi yarmida “Ximki”ga 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, kechki mahal Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKga qarshi maydonga tushgan “Volga” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Volga” jamoasiga ayni damda rossiyalik 55 yoshli Sergey Nikolayevich Jukov bosh murabbiylik qilyapti. Bungacha “Tom”, “Arsenal” (Tula), “Rotor-Volgograd”, “Saturn” singari klublarda ishlagan. O‘tgan yili “Volga”da faoliyatini boshladi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Bu klubda belaruslik darvozabon Andrey Klimovich, qirg‘izistonlik Aznaur Geryugov va gruziyalik Timur Jikiya legioner sifatida to‘p surishmoqda.

Shuningdek, ayni paytda “Volga”ning Antaliyadagi yig‘inida bir qator yangi o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tyapti.

“Andijon” – “Volga” o‘rtasidagi uchrashuv avvaliga mahalliy vaqt bilan 11:30 ga belgilangandi. Ammo keyinchalik boshlanish vaqti 17:30 ga o‘zgardi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:36, 08.02.2023.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик