Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Arsenal" sardori: "Krishtianu Ronaldu oqko‘ngil va doimo yordamga tayyor edi"

"Arsenal" sardori: "Krishtianu Ronaldu oqko‘ngil va doimo yordamga tayyor edi"

Baho:
+ | -

Martin Edegor o‘z intervyularidan birida Krishtianu Ronalduni maqtadi. Unga ko‘ra, Ronaldu norvegiyalik futbolchiga "Real"dagi muhitga moslashishi uchun katta yordam bergan. "Arsenal" sardori 2015 yili 3 million funt evaziga "Real" tomonidan xarid qilinadi. Edegor Ispaniyaga kelganida bor-yo‘g‘i 16 yoshda edi. Tabiiyki, u ispanchani bilmagan. Ammo Martinning baxtiga "Real" safida ingliz tilini biladigan bir nechta futbolchilar bor edi. Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Toni Kroos ingliz tilida gapira olgan.

24 yoshli "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor o‘zining futbol dunyosidagi ilk sarguzashtini shunday tasvirlaydi: "Men ilk bor "Real" kiyinish xonasiga kirganimda futbolchilarning menga qanday munosabatda bo‘lishini o‘ylayotgandim. Meni yosh bola, ispan tilini bilmaydi deb bir chetga chiqarib qo‘ymasmikin deb hadiksirardim. Ammo bu fikrim xato edi. Yangi jamoadoshlarimning bari mehribon va ochiqko‘ngil edi. Ular ichida Modrich, Ronaldu va Krooslar ingliz tilini bilar ekan. Shu sabab ulardan ko‘proq qo‘llov oldim. Yigitlar menga o‘z maslahatlari bilan katta yordam berishdi. Ammo ularining hech biri meni, o‘z o‘rnini olib qo‘yadi deb qayg‘urgan deya olmayman. Ayniqsa, Ronaldu menga o‘z ukasi kabi muomalada bo‘ldi. U har doim yordamga tayyor edi".

Martin Edegor "Real" tarixida eng yosh debyut qilgan futbolchiga aylangan. U 2015 yilning may oyida, atigi 16 yosh 157 kunligida Ronaldu o‘rniga maydonga tushgandi. O‘shanda "Real" "Xetafe"ni 7-3 hisobida yengadi. Ammo "Arsenal" sardorining Ispaniyadagi faoliyatini omadli deya olmaymiz. Chunki u olti yarim yil davomida "qaymoqranglilar" safida atigi 11 marta maydonga tushgan xolos. Chunki 24 yoshli futbolchining Madrid jamoasidagi asosiy davri ijaralarda kechgan. Uni 2021 yilning boshida "Arsenal" ijara asosida olib keladi. O‘sha yilning yozida esa 30 million funt evaziga butunlay sotib oladi. Ko‘pchilik, Edegorning maydondagi bugungi harakatlarini Mesut O‘zilga qiyoslaydi. Bu bejiz emas, albatta...

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:35, 11.02.2023.
O'qildi: 3118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.