Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘ninchi o‘rindagi "Liverpul" muxlislarini xursand qiladigan besh sabab

O‘ninchi o‘rindagi "Liverpul" muxlislarini xursand qiladigan besh sabab

Baho:
+ | -

Bu mavsumda mersisaydliklar uchun hammasi qiyin va murakkab kechdi. Jamoa hozirda 10 o‘ringa tushib qolgan, kubok bahslarini tark etgan va YECHLda "Real"ga duch keladigan bo‘lib turibdi. Bu ham yetmaganidek, "Vulverxempton" kabi jamoalar "Liverpul"ni yirik hisobda mag‘lub etmoqda. Ammo umidsizlikka tushmaslik kerak. Hammasi joyida bo‘ladi. Agarda quyidagi ijobiy jihatlar to‘liq bo‘y ko‘rsatsa, albatta.

1. Jamoa murabbiyi hali ham Yurgen Klopp

"Vulverxempton"ga qarshi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin Klopp ko‘p kamchiliklarni aytdi. Ammo biz uni yaxshi bilamiz. "Liverpul" bundan ham og‘ir vaziyatlardan Klopp orqali qanday qilib qutulib ketganlarini bir eslang. Shunday ekan, Kloppga hurmat saqlanishi kerak. Uning tizimida nimalardir buzilib qolgan bo‘lishi mumkindir. Ammo tezda joyiga keladi. Harxolda, shunga umid qilamiz. Hozirgi damda "Liverpul"ga Kloppdan ko‘ra kerakroq shaxs yo‘q (bo‘lsa kerak).

2. Asosiy hujumchilar qaytmoqda

Diogu Jota, Luis Dias va Roberto Firminolar tez orada to‘liqligicha jamoaga qaytadi va o‘yinlarda ishtirok eta boshlaydi. Ha, Firmino 2023 yilda jamoa hujumidagi asosiy figura emasdir. Ammo uning Kodi Gakpodan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishi hammaga ayon. Hech bo‘lmaganda, to‘qqinchi raqam hududida. "Liverpul" mavsum davomida raqib darvozasi oldida golli vaziyat yaratishga qiynaldi. Bu ham aslida hujumchilarning jarohati va formasizligi oqibatlari edi. Demak, yaqin orada Klopp jamoasi hujumiga haqiqiy kuch qo‘shilishini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

3. YECHLdan chiqib ketish, ammo bosimdan qutulish

Fevral oyi YECHL pley-off o‘yinlari boshlanadigan davrdir. Shu yerdan boshlab "PSJ" va "Bavariya" kabi klublar qattiq ishga kirishadi. Omadsizlikni qarangki, nimchorak finalda "Liverpul"ning raqibi amaldagi chempionlar bo‘lmish "Real" bo‘ldi. Bu jamoaga YECHLda qarshilik ko‘rsatish o‘ta murakkab ish, garchand o‘yin ikkiga bo‘linsa ham. Bu safar "Barselona" va "Yuventus" kabi jamoalar ham YECHLda qatnashmayapti. Hech bo‘lmasa, chiqib ketishi mumkin bo‘lgan Kloppga shu ham taskin beradi. Bu turnirdan ketilgani bilan, katta bosimdan halos bo‘linadi. Keyin esa hamma e’tiborni APLga qaratish mumkin.

4. Keyingi yilgi YECHL yo‘llanmasini hali ham qo‘lga kiritish mumkin

Hozirgi ahvoliga qaramasdan, biz "Liverpul"ni kuchli to‘rtlik uchun kurashdan butunlay chiqarib tashlay olmaymiz. Negaki, hali ligada 18 ta o‘yin kutib turibdi. To‘rtinchi o‘rin bilan farq esa atigi 11 ochkoni tashkil etadi. Natija kela boshlasa, to‘rtinchi o‘ringa chiqib olish hech gap emas. Qolaversa, "Liverpul"dan tepada nisbatan mo‘rt bo‘lgan "Brentford", "Brayton", "Fulxem" kabi klublar bor. Ularni dog‘da qoldirish unchalik ham murakkab emas. Xullas, hammasi "Liverpul"ning o‘z qo‘lida.

5. Kelayotgan yozda top yarim himoyachi xaridi

Bu narsa aniq! Ha, endilikda amalga oshiriladigan transfer balki Jud Bellingem bo‘lmas (hech bo‘lmasa, yuqoridagi farazlar amalga oshmagunga qadar), biroq baribir yaxshi darajaga ega yarim himoyachi xarid qilinadi. Jorjinyo Viynaldum ketganidan beri Yurgen Klopp yarim himoyadagi kemtiklarni to‘ldira olmadi. Kelayotgan yozda buning ayni payti bo‘ladi. Xarholda, Artur Melo kabi XATOlarga yo‘l qo‘yilmaydi degan umidimiz bor. Buyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi...

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:00, 11.02.2023.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.