Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

APLda VAR muammosi bir kunning o‘zida bir necha klublarga zarba berdi

APLda VAR muammosi bir kunning o‘zida bir necha klublarga zarba berdi

Baho:
+ | -

Premyer-liga peshqadami yana ochko yo‘qotdi. Agar bir hafta oldin «Arsenal» «Everton»ga yutqazgan bo‘lsa, endi o‘z maydonida «Brentford» bilan durang o‘ynadi – 1:1. Shu bilan birga, mehmonlarning goli shov-shuvli bo‘lib chiqdi. U turli bahs munozaralarni yaratdi.

Shubhalar hujum boshida — Pinnok ofsaydda bo‘lgan payti yuzaga keldi, u Gabrielni to‘sib qo‘ygan edi. Hakamlar uning ushbu epizodda ishtirok etmaganligini asoslashdi - bu bahsli, ammo nisbatan tushunarli qaror. Bunday lahzalar allaqachon ko‘p marta sodir bo‘lgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan. Umuman olganda, bu keyingi voqealar fonida arzimas narsadek edi. Hujumning ikkinchi tempida o‘sha Pinnok raqiblaridan balandroq sakrab, to‘pni boshi bilan ofsaydda qolgan Nörgorga tashladi. U darhol Toniga golli uzatma berdi va hisob tenglashdi.

Internetda epizodning turli chiziqlarini chizgan ko‘plab ekspertlarni topish mumkin. Afsuski, yechim bitta. Rasmiy VAR texnologiyasi bunga aniqroq baho berdi. Biroq, ushbu holatlarni hisobga olsak ham, ofsayd ancha sezilarli bo‘lib chiqdi.

Eng ajablanarlisi shundaki, VAR bu vaziyatda hech qanday chiziq chizmagan. Bir necha daqiqadan so‘ng translyasiya aynan shu lahzani takrorladi, lekin yana ofsaydlarsiz tasvirlarni beraverdi. VAR xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki monitorda o‘tirgan hakam Li Meyson ushbu epizoddagi chiziqlarni chizishni unutib qo‘ydi. Bu haqda PGMOL vakili Kris Foy gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hakamlar Gabriyelning blokirovkasini tahlil qilish bilan shug‘ullangan, ofsayd muhokamasi esa shunchaki qolib ketgan.

Keyinchalik PGMOL gol «inson xatosi» tufayli inobatga olinganini tasdiqladi. Bu kun umuman Premyer-ligada hakamlar uchun omadsiz bo‘ldi. Gap shundaki, «Chelsi» 89-daqiqada hisob 1:1 payti penalti tepishi kerak edi, biroq hakam hech qanaqa qo‘pollik topmadi va o‘yin durang bilan yakunlandi. O‘sha epizodda Souchek to‘pni qo‘li bilan to‘sib qo‘ygandi. Hakamlar buni tayanch a’zo deb hisobladi. Biroq o‘shanda futbolchining oyog‘i tayanch vazifasini bajargan. 1:1 hisobida durang o‘ynagan «Brayton»da ham xuddi shunday holat yuz berdi. Hakamlar o‘shanda jamoaning ikkita golini hisoblashlari kerak edi. VAR darvozaga yaqinroq bo‘lgan himoyachilarga ishora qilib noto‘g‘ri ofsayd chizig‘ini shakllantirgan. PGMOL ham bu xatoni tan oldi. Bunday holatlar Premyer-liganing bir mavsumida bir necha marta sodir bo‘ladi va bu yerda bir turda birdaniga ikkita holatda buni kuzatdik.

PGMOL bosh inspektori Xovard Uebb «Arsenal» va «Brayton» klublari bilan bog‘lanib, o‘yinlardagi xatolarni rasman tan oldi.

Kiritildi: 19:29, 12.02.2023.
O'qildi: 4366 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.