Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Giorgi Shashiashvili: "Andijon" yaxshi jamoa ekan"

Giorgi Shashiashvili: "Andijon" yaxshi jamoa ekan"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Samtredia” (0:0) uchrashuvidan keyin gruziyaliklar bosh murabbiyi Giorgi Shashiashvili savollarimizga javob qaytardi.

— O‘yin xususida nimalarni ayta olasiz?
— Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Biz avvaliga ikkinchi ligadan birinchi ligaga yo‘llanma oldik, mana endi, hozir oliy ligada harakat qilyapmiz. Jamoada ko‘plab yangi o‘yinchilar bor. “Andijon”ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ldi. Har ikkala jamoa kurashdi. Raqibda ham, bizda ham yuz foizli imkoniyatlar bo‘ldi. Durang natija o‘yinga mos tushdi. Endigina ikkinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Yana to‘rtta o‘yin bor. Rasmiy uchrashuvlarga shu tariqa tayyor bo‘lamiz.

— Negadir uchrashuv biroz asabiy ruhda kechdi. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
— Bilasizmi, xalqaro o‘yinlar doim jangovar kurashlarga boy bo‘ladi. Ha, qo‘pol o‘yin bo‘ldi. Bu hol futbolda uchrab turadi. Shunday kurashlarga boy o‘yinlar muxlislarga yoqadi. Ikkala jamoa maydonning har bir qarich yerida kurash olib bordi.

— Bu jamoangizning Antaliyadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Dastlab Toshkentning “Lokomotiv”iga qarshi qarshi o‘yinda ishtirok etib, mag‘lub bo‘lgandinglar. Siz uchun ikkala o‘yin o‘rtasida qanday farq kuzatildi?
— Birinchi bahsda boshqacharoq o‘yin namoyish etgandik. O‘zimiz xohlagandek, asosan pressingda o‘ynadik. Qayerdadir o‘xshadi, qayerdadir yo‘q. “Lokomotiv” bizgacha ko‘p o‘yin o‘tkazgandi. Biz esa ilk uchrashuvimizda maydonga tushdik. O‘shanda 2:0 hisobida yutqazib qo‘ygandik. Bugun ko‘rinib turdiki, raqibimiz taktik tomonlama zo‘r o‘ynadi, himoyasi ham yaxshi ekan. “Lokomotiv”ga yutqazgan bo‘lsak-da, ko‘p vaziyatlar bo‘lgandi. Bugun esa vaziyatlar sanoqli bo‘ldi.

— “Andijon”ning kuchini nimada deb o‘ylaysiz?
— Ha, yaxshi jamoa ekan. Hozir aytganimdek, markaziy himoyasi kuchli ekan. Yarim himoyachilari ham chakki emas. O‘rtada tezkor o‘yinchisi bor ekan. Ko‘rinib turibdi, jamoangiz chempionatda yaxshi o‘rinlarga da’vogarlik qiladi. Bu borada yaxshigina imkoniyatga ega.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:02, 13.02.2023.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик