Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ular hammaga yordam beradi: Ronaldu, Xoland, Koutinyo...

Ular hammaga yordam beradi: Ronaldu, Xoland, Koutinyo...

Baho:
+ | -

2011 yilda 50 yoshli biznesmen Endryu Vells "Premier Relocation" nomli shirkatga asos soladi. Vellsning kompaniyasi o‘n yildan ortiq vaqt davomida futbolchilarni Yevropa va okeanortidan ko‘chib kelishi va ketishiga yordamlashib keladi. Uzoq vaqt davomida Vells ko‘plab futbol yulduzlari bilan ishladi. Ular ichida Brunu Fernandesh, Martin Edegor, Erling Xoland, Filippe Koutinyo kabi nomlar bor. Yaqinda Ronaldu "MYU"dan ketganida, aynan "Premier Relocation" uning narsalarini Angliyadan Portugaliyaga tashib bergandi.

Vells va uning jamoasi futbolchilarga faqatgina, narsalarini bir joydan boshqa joyga ko‘chirishgagina yordam berib qolmaydi. Ular o‘yinchining ruhiyatidagi o‘zgarishlar bilan ham ishlaydi. Futbolchiga stressni yengish va yangi muhitga ko‘nikishda ko‘maklashadi. Ayrim yosh yulduzlar Endi va uning jamoasidan qolish, va ular bilan PlayStation o‘ynashini ham iltimos qilgan.

Kompaniyaning biznesi faqat APL klublari bilan cheklanmaydi. Vells yaqinda Barselona va Madrid shaharlarida ham o‘z ofislarini ochgan. Ayrim operasiyalar esa dengizortiga qadar amalga oshiriladi. Masalan, Fil Nevill aynan "Premier Relocation" orqali Mayamiga ko‘chib borgandi.

Vells faoliyati haqida fikr bildirar ekan, shunday deydi: "Men futbolchilardan tez-tez shikoyatlar eshitib qolaman. Ular ko‘pincha o‘ziga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan nolishadi. Ularni eshitar ekanman, futbolchilarga nima kerak ekanini yanada yaxshiroq angladim. Biz ularning ehtiyojlarini eng yaxshi usullar bilan qondiramiz. Kompaniyam tashkil etilayotgan paytda, men ko‘plab klublarga borib futbolchilar fikrini o‘rganganman. Shu sababli hozir hammasini yaxshi bilaman.

Xizmatlarimizdan, hatto, sport agentlari ham foydalanishadi. Ular o‘z sohamizda brend yaratishimizda katta yordam bergan. Bugun esa ko‘pchilik futbolchilar boshqalardan ko‘ra bizni afzal ko‘rmoqda. Chunki, biz haqimizda yaxshiroq bilishadi. Ular ko‘plab qimmatbaho narsalarga ega. Shunday ekan, u narsalarni ko‘chirish oson kechmaydi. Buyumlar ichida 300 ming funtlik superkarlardan tortib, oddiy rasmgacha bo‘ladi. Hamma – har xil. Shunday ekan, barchaning ko‘nglini topishga intilamiz".

"Premier Relocation" uchun yosh futbolchilar bilan ishlash juda muhimdir. Birinchidan, ular bir klubga ko‘chib o‘zini yaxshi ko‘rsata olsa, ertaga u bilan oilasi ham ko‘chib keladi. Bu esa Vellsga yana yangi ish yaratadi. Ikkinchidan esa yosh futbolchilarni bir joydan ikkinchi joy maksimal qulaylik bilan ko‘chirib qo‘yish kelajakka qilingan sarmoya hamdir. Kelajakda ularning yulduzga aylanishi, shaksiz Vellsning kompaniyasini ham yanada mashhur qiladi.

Vells shirkati "Samsung" bilan hamkorlik qiladi. Ular futbolchilarni yangi uyga ko‘chirib qolmay, yulduzlarga qulaylik ham yaratib qo‘yadi. Yangi joyda maishiy qulaylik yaratish uchun esa "Samsung" yordamga keladi. "Premier Relocation" futbolchilar uyiga "Samsung" mahsulotlaridan o‘rnatib ham beradi: televizor, sovutkich, kir yuvish mashinasi va boshqalar.

"Biz doimo yordamga tayyormiz. Chunki barcha futbolchilar bir xil sifatli xizmatdan foydalanishga loyiq. Shu sababli biz yordamga shaymiz", – deydi Endryu Vells.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:55, 14.02.2023.
O'qildi: 4712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик