Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“PSJ” — “Bavariya” uchrashuviga oid raqamlar

“PSJ” — “Bavariya” uchrashuviga oid raqamlar

Baho:
+ | -

“Bavariya” Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsida “PSJ”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Myunxenliklar klubi barcha musobaqalar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 20 ta o‘yinga yetkazdi. So‘nggi bor Yulian Nagelsmann shogirdlari 17 sentyabr kuni “Augsburg”ga yutqazib qo‘ygandi (0:1). Shundan keyin jamoa 16 g‘alaba va 4 durang qayd etdi.

Chempionlar Ligasida esa nemis klubi joriy mavsumdagi barcha 7 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. To‘plar nisbati — 19:2.

“Bavariya”ning uchrashuvdagi yagona g‘alaba to‘pini “PSJ” sobiq hujumchisi Kingsli Koman kiritdi. Koman 2020 yilgi YECHL finalida ham parijliklar darvozasini ishg‘ol qilib, “Bavariya”ga kubokni taqdim etgandi.

    “Bavariya” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida 12 marta dastlabki o‘yinni yutgan va ularning barchasida keyingi bosqichga chiqqan.

“PSJ” qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Avvalroq jamoa Fransiya Kubogida “Marsel”ga (1:2), chempionatda “Monako”ga (1:3) yutqazib qo‘ygandi.

Bunday omadsiz seriya Parij jamoasida 2020 yildan keyin ilk bor kuzatildi. O‘shanda klub “Bavariya”, “Lans” va “Marsel”ga imkoniyatni boy bergandi. “PSJ” keyingi o‘yinini 19 fevral kuni “Lill”ga qarshi o‘tkazadi.

“PSJ” 2023 yilda barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 5 tasida mag‘lub bo‘ldi (5 g‘alaba, 1 durang). Jamoa 2022 yildagi 46 ta o‘yinda 4 bor yutqazgandi.

Lionel Messi “PSJ” safida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi uchinchi o‘yinda qatnashdi. Ularda argentinalik futbolchi birorta samarali harakat amalga oshira olmadi. O‘tgan mavsum u “Real”ga qarshi o‘yinlarda (1:0, 1:3) to‘liq harakat qilgan, biroq gol va assist amalga oshira olmagandi.

“PSJ” safida himoyachi Uorren Zair-Emeri asosiy tarkibda maydonga tushdi. 16 yosh-u 343 kunlik futbolchi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga chiqqan musobaqa tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:27, 15.02.2023.
O'qildi: 3668 marta.
Fikrlar: 88 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.