Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Ronaldu bilan va Ronaldusiz Markus Reshfordning ko‘rsatkichlilari, afsona "MYU" uchun muammo bo‘lganini isbotlab berdi

Ronaldu bilan va Ronaldusiz Markus Reshfordning ko‘rsatkichlilari, afsona "MYU" uchun muammo bo‘lganini isbotlab berdi

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik Reshfordning so‘nggi paytdagi o‘yinlariga qoyil qolmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Reshford Ronaldu ketgani sabab shunday yuksalishga erisha oldi. Ba’zilar (Ronaldu muxlislari) uchun bu salbiy eshitilar. Ammo statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda.

Jahon chempionatidan sal oldin Ronaldu "MYU"ni tanqid qilib, intervyu bergandi. O‘shanda u klub egalarini ayblab, Erik ten Xagni hurmat qilmasligini bildirgan. 38 yoshli hujumchining shartnomasi intervyu sababli bekor qilindi. Ronaldu hozir Saudiya Arabistoni chempionatida, yiliga 173 million funt evaziga to‘p tepmoqda. Shunday bir paytda "Old Trafford"da boshqa bir qahramon paydo bo‘ldi. Reshford Jahon chempionatidan keyin yaqqol porlay boshladi. Futbolchining Ronaldusiz natijasi 25 ta o‘yinda 15 ta golga teng. Bu degani Angliya terma jamoasi a’zosi har 123 daqiqada gol urmoqda.

Reshford ilgari Ronaldu bilan 42 ta o‘yin o‘tkazib, bor-yo‘g‘i 12 ta gol urishga erishgandi. Qolaversa, hujumchining boshqa statistikalari, Ronalduning ketgani qanchalik yaxshi bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, Reshford Ronaldu davrida 90 daqiqada o‘rtacha raqib darvozasi tomon 2,9 ta zarba yo‘llardi. Ularning 1,2 tasi aniq nishonga borgan. Ronaldu ketganidan keyin esa bu ko‘rsatkich 3,2 ga, aniqg‘i esa 1,7 ga ko‘tarilgan.

Ronalduning ketishi Reshfordning maydondagi joylashuvida ham o‘zgarish yaratdi. Masalan, Ronaldu bilan Reshford raqibga katta bosim qilishga majbur bo‘lardi. U Ronalduning o‘rniga ham ishlashi kerak edi. Hozir esa unday emas. Lekin u raqib jarima maydonida Ronaldu davridagidan ko‘proq to‘p bilan muomala qila boshladi. Bu narsa hujumda Reshfordning katta hajmdagi ishni bajara boshlaganidan darak beradi. Buni yaqinda "Barselona" bilan bo‘lgan uchrashuvda ham guvoh bo‘ldik. 25 yoshli hujumchini kataloniyaliklar ham to‘xtata olmadi.

"Manchester Yunayted" yakshanba kuni "Lester Siti" bilan bahs yuritadi. Jamoaning kuchli to‘rtlikdagi raqiblari bu turda "Liverpul" va "Vest Xem"ga qarshi chiqqanni sababli "qizil iblislar"da farqni yanada kattalashtirib olish imkoni bo‘ladi. Keyingi haftaning payshanba oqshomida ten Xag jamoasi "Barselona" bilan javob uchrashuvida, hafta oxirida esa "Nyukasl"ga qarshi liga kubogi finalida to‘qnash kelishi kerak. Agarda finalda g‘alab qozonilsa, bu "MYU"ning so‘nggi olti yildagi ilk tituliga aylanadi. Reshford esa mana shu maqsadlarda jamoaga asqotadi.

 

 

 

ISMATOV J.

 

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:46, 18.02.2023.
O'qildi: 2939 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик