Angliya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” kutilmaganda “Nottingem Forest” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, ikki ochko yo‘qotdi. "Nottingem Forest" bosh murabbiyi Stiv Kuper o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Bu, albatta, juda yaxshi natija. "Manchester Siti" - dunyoning eng yaxshi jamoasi. Bunday jamoani tahlil qilish va o‘rganish qiziq, ammo ularning bizga qarshi gol urganidan hafsalam pir bo‘ldi, nazarimda ular gol kiritgan paytda Jo Vorralning boshiga raqib futbolchisi zarba bergandek tuyuldi. Ammo, boshqa tomondan, golimiz bizga biroz omadli keldi", - dedi Kuper BBC Sport bilan suhbatda.