Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Qatar shayxining "MYU"da amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘rt vazifasi

Qatar shayxining "MYU"da amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘rt vazifasi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ni sotib olish uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan qatarlik Yassim Bin Hamad al-Taniy klubni yana shonli davrdagi holatiga qaytarishini bildirdi. Qatar bankining rayisi hisoblangan shayx, juma kuni rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Taklifdagi bandlarda bir nechta bosqichlarda klub yana eski davrdagidek kuchli qilinishi bildirilgan. Unda stadion va infrastruktura tuzilmalarini yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. Hatto, yangi xo‘jayinlar qo‘lida "Old Trafford" butunlay buzib tashlanib, o‘rnida yangi o‘yingoh qad rostlashi ham mumkin. Quyida, klub, agarda shayxlar qo‘liga topshirilsa, beshta qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar sanab o‘tiladi.

Muxlislar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish

Qatarliklar taklifida aytilishicha, "klub yanada muxlislarning qalbiga yaqinroq bo‘ladi". So‘nggi yillarda Gleyzerlarga qarshi jamoa muxlislarining noroziliklari tinmay kelayotgan edi. Shayx Yassim esa muxlislarga birinchi o‘rindagi omil sifatida qarashini bildirgan. Ya’ni, uni davrida muxlislar istagi oldingi o‘rinlarda turadi.

Klub qarzlaridan qutulish

Muxlislar noroziligining bir uchi, klubning qarzlari ortib borishi bilan ham bog‘liq edi. Yangi ega, Yassim qo‘lida esa hammasi boshqacha bo‘ladi. Xususan, u o‘zining taklifini shunday deydi: "Taklif shayx Yassimning "Nine Two" fondi orqali klubni barcha qarzlaridan ozod etishni ko‘zda tutadi".
2022 yilning sentyabr oyida berilgan ma’lumotlarda Gleyzerlar jamoani so‘nggi 12 oy ichida 95 million funt qo‘shimcha qarzga olib kirgani aytilgandi. Shayxlar esa klubga hech qanday qarz yuklamaydi. Oldingi qarzlaridan esa qutqaradi.

Erkaklar bilan birga ayollar futboliga ham sarmoya kiritish

Shayxning taklifida "MYU" nomidagi har bir toifadagi jamoalarga sarmoya qilinishi aytiladi.
"Qizil iblislar" yanvar oyida moliyaviy yetishmovchilik sababli futbolchi sotib olmagandi. Bir nechta o‘yinchilar esa, faqat ijaraga olingan xolos. Agarda Yassim boshqaruvga kelsa, ayollar jamoasiga ham yetarlicha pul ajratiladi. Ayollar klubi 2018 yilda professional maqomiga o‘tkazilganidan beri chempionlikka erisha olmagan. Ammo, ayni damda ayollar jamoasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Agarda ularga ham sarmoya berilsa, "MYU" ayollari doimiy chempionlikka kurashadigan jamoaga aylanadi.

Klub qarorgohi va Karringtonni ta’mirlash

Shayx Yassimning taklifi qabul qilinsa, mashg‘ulotlar maydoni va infratuzilma ham bundan foyda ko‘rishi aytiladi. Hamma jihozlar va kerakli uskunalar yangilanishi belgilab qo‘yilgan.
Klub afsonalaridan biri Krishtianu Ronaldu o‘z intervyusidagi tanqidlar ichida, aynan shu omilni ham qo‘shib ketgandi. Shu sababdan Karrington zamon talablariga moslashtirilishi lozim. Buning uchun esa Gleyzerlardan ko‘ra saxiyroq boshqaruvchi zarur.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:21, 19.02.2023.
O'qildi: 5576 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.