Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Mikel Arteta tanaffus paytida jamoasiga nimalar degandi? Jorjinyo javob berdi

Mikel Arteta tanaffus paytida jamoasiga nimalar degandi? Jorjinyo javob berdi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning qishdagi yangi transferlaridan biri bo‘lgan Jorjinyo Frello "Aston Villa"ga qarshi bahsning tanaffusida, Mikel Arteta shogirdlariga nimalar degani haqida aytdi. Italiya terma jamoasi a’zosi to‘pchilarning kechagi g‘alabasida katta rol o‘ynagan edi. Jamoa kambek amalga oshirdi. "Arsenal" birinchi bo‘limdan keyin Olli Uotkins va Filippe Koutinyoning gollaridan keyin 2-1 hisobida ortda qolayotgan edi. Bukayo Saka ham birinchi bo‘limda ajoyib golga mualliflik qildi.

Arteta shogirdlari ikkinchi bo‘limni katta ustunlik bilan boshladi. Oleksandr Zinchenkoning 60 daqiqadagi goli, londonliklarga g‘alaba uchun yana yarim soat vaqt taqdim etadi. Hisob tenglashganidan keyin o‘yin yanada shiddatli ko‘rinish oldi. Xususan, birmingemliklar Eron Ramsdeyl qo‘riqlayotgan darvozaning to‘sinini ikki bor nishonga olishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Jorjinyo ajoyib vaziyatga ega bo‘ldi. U tepgan to‘p darvoza to‘siniga tegib, unga intilgan Emi Martines boshi orqali to‘rga borib tushdi. O‘yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida Fabiu Viyeyra uzatgan qulay to‘pni Martinelli Martinesdan holi qolgan darvozaga yo‘lladi. Shu orqali o‘yin 2-4 bilan yakun topdi.

Bahs yakunlangach, Jorjinyo "BT Sports" kanaliga intervyu berdi. Unda italyan futbolchisi shunday deydi: "Bu – Premyer-liga. Shuning uchun biz uni yaxshi ko‘ramiz. Bu dunyodagi eng yaxshi turnir. Men ushbu musobaqani sevaman. G‘alaba jamoa uchun o‘ta muhim edi. Ayniqsa, so‘nggi natijalardan keyin jamoaga ruhiyat baxsh etish zarur bo‘lib turgandi. Negaki, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmayotgan edik. Tanaffusda murabbiy bizga katta ishonch berdi. Uning gaplaridan keyin biz o‘zimizga kerakli ruhiyatni qaytarib oldik. Bu esa o‘yinimizda o‘zgarish yasadi".


Mikel Arteta ham o‘yin haqida fikr bildirib o‘tdi. U shunday dedi: "Bugun biz xarakter va iroda ko‘rsata oldik deb o‘ylayman. Ikki bor hisobda ortda bora turib, o‘yinni yutib ketish oson ish emas. Bu uchrashuv bizga dars bo‘lishi kerak. Negaki, birinchi bo‘limda oddiy narsalarda xatoga yo‘l qo‘ydik. Agarda shaxsiy sifatlar borasida standartlarimizni yuqoriroq qo‘yib, shunga yarasha harakat qilsak, o‘ylaymanki, istalgan bahsni yutib keta olamiz. Butun o‘yin davomida ustunlik bilan harakat qildik. Bizga g‘alaba uchun birgina mo‘jiza zarur edi va buni Jorjinyo namoyish etib berdi. Ha, yana bir gap, Jorjinyo shunday ajoyib zarbaga egaligini bilmasdim. Agarda yetakchi bo‘lishni istasangiz, har qanday bahsni, har qanday uslubda yutib ketishni o‘rganishingiz kerak".

Ushbu g‘alaba "Arsenal"ni yana APL yetakchisiga aylantirdi. To‘pchilarning eng katta raqibi bo‘lgan "Manchester Siti" o‘z o‘yinida "Nottingem" maydonida durang qayd etgandi (1-1).
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" keyingi o‘yinini "Lester Siti"ga qarshi, safarda o‘tkazadi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:00, 19.02.2023.
O'qildi: 3342 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик