Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Pol Skoulz bu yil "MYU"ning to‘rtta titul yutishiga ishonmoqda. Bu borada superkompyuter nima deydi?

Pol Skoulz bu yil "MYU"ning to‘rtta titul yutishiga ishonmoqda. Bu borada superkompyuter nima deydi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, klub afsonasi Pol Skoulzning fikriga ko‘ra, "qizil iblislar" bu mavsumda birdaniga to‘rtta sovrinni o‘ziniki qila oladi. Ammo amalda Erik ten Xag jamoasi bunga qanchalik tayyor?
Niderlandiyalik mutaxassis yozda jamoaga kelgan edi. U "MYU"ni turnir jadvalida uchinchi o‘ringa olib chiqa oldi. Hozirda ten Xag jamoasi, yetakchi "Arsenal"dan atigi besh ochko ortda qolmoqda. "MYU" Angliya kubogi va Yevropa ligasida zafar quchishiga ishonmoqda.

Bu mavsumda "MYU" uchun keladigan eng birinchi sinov bu yakshanba kungi liga kubogi finalidir. Unda Erik ten Xag "Nyukasl" va Eddi Xau g‘oyalari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. Skoulz esa ushbu bahsda titul qo‘lga kiritish, jamoani mavsumdagi barcha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishini ta’minlaydi deb ishonadi. Superkompyuter ham bu borada o‘z taxminlarini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, mavsumni to‘rtta sovrin bilan tugatish uchun "Manchester Yunayted"da faqatgina 0.04 foizgina imkoniyat bor xolos.

Xususan, APLda "Arsenal" hali ham yetakchilik qilmoqda. "Manchester Siti" esa ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Shu sababli superkompyuter nazdida "MYU"ning o‘n yillikdagi ilk chempionligini nishonlashi ehtimoldan ancha yiroqdir. Mavsum "qizil iblislar" uchun baribir uchinchi o‘rinda yakunlanadi. Jamoa o‘zi qatnashayotgan liga kubogi, mamlakat kubogi va YELda ham zafar quchish imkoniyati ancha past. Superkompyuter bu ehtimolni 1.56 foizga baholagan. Agarda ikkita sovrin bilan hisoblaydigan bo‘lsak (liga kubogi va Yevropa ligasi), "MYU"ning imkoniyatlari 8.23 foizga ko‘tarilishi bildirilgan.

Yevrokuboklar sahnida "Manchester Yunayted" o‘tish o‘yinida "Barselona" bilan 2-2 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi davra esa kelayotgan payshanba kuni kechadi. Agarda Erik ten Xag jamoasining ikkita mahalliy kuboglarni yutish ehtimolini taxmin qilsak, u holda imkoniyatlar 11.72 foizgacha ko‘tariladi.
"Qizil iblislar" Angliya kubogining beshinchi bosqichida "Vest Xem" bilan to‘qnash keladi.
Klubning so‘nggi tituli 2017 yilda, Joze Mourinyo bilan qo‘lga kiritilgan Yevropa ligasi kubogi ekanini hisobga olib aytish mumkinki, bu mavsumda erishiladigan har qanday titul jamoa muxlislarini baxtiyor qilgan bo‘lardi. Ular Erik ten Xagning, hech bo‘lmasa 4 ta imkoniyatdan bittasini ro‘yobga chiqarishiga umid qilmoqda.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:31, 20.02.2023.
O'qildi: 5219 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.